Rasmiy munosabat
05 / 09 / 2024Joriy yilning 4-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarining birida Hamkorbankda fuqaro J.J.O.ga bank kartasi ochib berilganligi, lekin uning oylik maoshi kartaga tushmaganligi haqida tarqalgan xabar yuzasidan.Olib borilgan ichki surishtiruv natijalariga ko'ra, fuqaro J.J.O. Hamkorbankga qarashli "Andijon" Mintaqaviy bank xizmatlari ofisiga 30.08.2024 yil kuni soat 16:00 da bank kartasini ochish bo'yicha murojaat qilgan. Murojaatchi ishlayotgan tashkilot bilan Humo kartalari oylik maosh uchun ochib berilishiga kelishilganligiga qaramay, fuqaroning talabiga asosan Uzcard-kobeyjing kartasi rasmiylashtirib berilgan. Lekin tashkilot hisobchisi oylik maoshlarni Humo kartalariga yo'naltirgan va shu sababli murojaatchiga o'z vaqtida oylik kelib tushmagan. 05.09.2024 yil kuni oylik ish haqi murojaatchining yangi ochilgan kartasiga kirim qilib berildi.
Shuningdek, mijoz bilan ham bog'lanildi va vaziyat haqida ma'lumot berildi. Hamkorbank mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatishda davom etadi. Har bir mijozning bank haqidagi fikri biz uchun muhim.