Rasmiy munosabat
10 / 11 / 2023Joriy yilning 10 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarining birida, fuqaro N.H.N. shikastlangan 100 AQSh dollari nominalidagi banknotani ayirboshlash maqsadida Navoiy shahrida joylashgan “Hamkorbank” ATBning Navoiy mintaqaviy bank xizmatlari ofisi Valyuta ayirboshlash shaxobchasiga murojaat qilgani hamda ushbu banknota bank xodimlari tomonidan ayirboshlab bеrilmagani haqida e’lon qilingan xabar yuzasidan.Olib borilgan ichki surishtiruv natijalariga ko'ra, murojaatchi olib kelgan banknotada shikastlanish darajasi yuqori bo’lgan va shu sababli banknotani haqiqiyligini tekshirish imkoni bo’lmagan. Bank xodimlari o’z navbatida banknotani haqiqiyligini aniqlash uchun banknota emitent bankka yuborilishini mijozga ma’lum qilishgan.
Ushbu holatda banknota haqiqiyligi emitent bank tomonidan tasdiqlangandan va ushbu nominaldagi shikastlanmagan banknotaga almashtirilgandan so’ng valyutani ayirboshlash mumkin.
Ushbu masalada mijoz bilan qayta qo’ng’iroq orqali gaplashildi va tegishli ma’lumotlar yetkazildi. Mijoz uchbu masalada boshqa bankka murojaat qilganligi va banknotani ekspertizaga yuborish uchun ariza berganligini ma’lum qildi. Hozirda mijozning bankka nisbatan e’tirozi mavjud emas.