
Rasmiy munosabat
12 / 01 / 2024Joriy yilning 12 yanvar kuni “UZA” O'zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan maqola yuzasidan.Ushbu maqolada Jizzax shahridagi "Hamkorbank" ATBga qarashli 24/7, o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish shaxobchasida joylashtirilgan bankomatlardan faqatgina bittasi ishlayotganligi, shu bois navbat ko'pligi aytib o'tilgan.
Maqolada keltirilgan bankomatlarda naqd pul mablag‘lari mavjud bo‘lgan. Lekin kunning tushlik paytiga kelib texnik sabablarga ko'ra faqatgina bitta bankomatda pullarni naqdlashtirish imkoniyati bo'lgan va undan mijozlar foydalanganligi aniqlangan. Bankomatlar kunning ikkinchi yarmida yana soz holatga qaytarilgan va mijozlarga xizmat ko'rsatishda davom etgan. Buni isbotini 24/7 shaxobchasida o'rnatilgan videokameralar orqali ham ko'rish mumkin. Maqolada kartasi bankomatda qolib ketganligi eslatib o'tilgan mijozga ham bank kartasi qaytarib berilgan.
Ayni paytlarda barcha bankomatlar to‘liq naqd pul mablag‘lari bilan ta’minlangan bo‘lib, aholiga xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda. Shuningdek, plastik kartadagi pul mablag'larini nafaqat bankomat balki bank xizmatlari ofisining Chakana xizmatlari zalidagi kassalarda ham naqdlashtirish mumkin.