Joriy yil 25-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarining birida tarqalgan xabar yuzasidan

Rasmiy munosabat

28 / 10 / 2024Joriy yilning 25 oktyabr sanasida “Hamkorbank” ATBning “Buyuk Ipak yo‘li” bank xizmatlarini ko‘rsatish ofisi (BXO) xodimlari faoliyati bo‘yicha “Nazorat Uz | Rasmiy kanal”da e’lon qilingan murojaat yuzasidan

MUNOSABAT 

Murojaatda bayon etilishicha, mijoz bank kartasiga naqd pul kirim qilish maqsadida “Buyuk Ipak yo‘li” BXOga tashrif buyurib, o‘z navbatini uzoq kutganini ma’lum qilgan. Shuningdek, BXOda mijozlarga xizmat ko‘rsatishi lozim bo‘lgan ikki xodim o‘z joylarida bo‘lmagani tilga olingan.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamizki, “Buyuk Ipak yo‘li” BXO da jami to‘rtta shtat birligi mavjud bo‘lib, ular: BXO boshlig‘i, iste’mol kredit menejeri, universal menejer va universal kassirdan iborat. Murojaat vaqtida jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi universal menejer va universal kassir o‘z joylarida bo‘lib, navbat asosida mijozlarga to‘liq xizmat ko‘rsatishgan.

Murojaatga sabab bo‘lgan holatda, shoshib turgan mijoz bank kartasiga pul mablag‘ini tezda va navbatlarsiz kirim qilish istagini bildirgan. Universal menejer ushbu talabga javoban navbat tizimidan foydalanish zarurligini tushuntirgan, chunki navbatsiz xizmat ko‘rsatish qolgan mijozlarning huquqlarini buzishga va haqli noroziliklariga sabab bo‘lishi mumkin. Har bir shaxs o‘z vaqtini qadrlar ekan, boshqalarning huquq va qimmatli vaqtlariga ham hurmat bilan yondashishi zarur.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, hozirgi kunda mamlakatimiz aholisi ommaviy axborot vositalari va blogerlar orqali tarqatilayotgan ma’lumotlarga katta ishonch bildirmoqda. Shu boisdan, bildirilgan ishonch va xizmat faoliyatini suiiste’mol qilmagan holda, yuzaga kelgan munozarali vaziyatga oid mavjud barcha faktlarni aniqlik bilan yoritishni so‘raymiz.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play