Rasmiy munosabat
21 / 05 / 2024Joriy yilning 20 may kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarining birida Farg‘ona shahar Murabiylar ko'chasi 41 uyda joylashgan Hamkorbank Farg'ona mintaqaviy bank xizmatlari ofisida yuzaga kelgan navbat haqida tarqalgan xabar yuzasidan.Olib borilgan ichki surishtiruv natijalariga ko‘ra, murojaatchi Hamkorbank Farg'ona mintaqaviy bank xizmatlari ofisiga bank xizmatlaridan foydalanish uchun tashrif buyurgan hamda kunning birinchi qismida mijozlar soni ko'payib, navbat yuzaga kelgan.
Ushbu holatda haftaning birinchi ish kuni ya'ni dushanba kuni bank ofisida kunning birinchi qismida odatdagidan ko‘proq mijozlar bank xizmatlaridan foydalanish uchun kelgani sababli navbat yuzaga kelgan. Shuningdek, xodimlar o'z xizmat vazifalarini ichki tartiblarga rioya qilgan holda bajarishgan hamda navbat asosida mijozlarga xizmat ko'rsatishgan.
Ushbu masalada mijoz bilan qayta qo’ng’iroq orqali bog'lanildi va ushbu ma’lumotlar yetkazildi. Hozirda mijozning bankka nisbatan e’tirozi mavjud emas.