Joriy yil 7-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarining birida tarqalgan xabar yuzasidan

Rasmiy munosabat

07 / 09 / 2024Joriy yilning 6-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarining birida Hamkorbankning "Farg'ona" Mintaqaviy bank xizmatlari ofisida mijozlar navbatda turganligi, xodimlar joyida emasligi va bankomat ishlamayotganligi haqida tarqalgan xabar yuzasidan.

Olib borilgan ichki surishtiruv natijalariga ko'ra, Hamkorbankning "Farg'ona" Mintaqaviy bank xizmatlari ofisida xabar e'lon qilingan vaqtda mijozlar soni odatdagidan ko'proq bo'lgan. Lekin xodimlar o'z xizmat vazifalarini bank tomonidan belgilangan tartiblarga rioya qilgan holda amalga oshirishgan va mijozlar bilan bog'liq tartibsizliklar, uzoq kutish holatlari kuzatilmagan. Buni xabarda va ushbu munosabatga biriktirilgan suratlarda ham ko'rish mumkin. Kutish zalida mijozlar uchun barcha sharoitlar ham yaratilgan. 

Shuningdek, bank binosida joylashgan Avtomatlashtirilgan depozit mashinasida kuzatilgan texnik nosozlik ham o'sha kunning o'zida xodimlar tomonidan bartaraf etilgan.

Hamkorbank mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko'rsatishda davom etadi.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play