Joriy yil 19-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarida tarqalgan xabar yuzasidan

Rasmiy munosabat

19 / 09 / 2024Joriy yilning 19-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarda 2024-yil 25-sentabr kunidan boshlab Hamkorbankning  Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalaridan terminal yoki bankomat orqali naqdlashtirishda 2 % (kamida 25 000 so‘m) bank xizmat haqi olib qolinishi haqida tarqalgan xabar yuzasidan RADDIYA.

Hamkorbank tomonidan 16.09.2024 yil kuni bank tariflariga o‘zgartirish kiritilganligi to‘g‘risidagi e'londa Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalariga xorijda foydalanish uchun bank xizmat haqi belgilangan. Lekin bu e'lonni "ХОКИМ БУВА" va"BIRINCHI UZ" telegram kanallari noto‘g‘ri talqin qilib, tarifdagi o‘zgartirish xorijda foydalanish uchun ekanligini yashirib, noto‘g‘ri xabar tarqatishgan. Boshqa "Noinsof" telegram kanallar esa ushbu xabarni hech qanday tekshiruvlarsiz ko‘chirib o‘z kanallarida qayta e'lon qilishgan. 

Shu munosabat bilan eslatib o‘tamiz, bunday noto‘g‘ri xabarlarni tarqatish, bank obro‘siga qastdan putur yetkazish qonun doirasida tegishli javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi mumkin.

Hamkorbank haqidagi ma'lumotlarni bizning rasmiy sahifalarimiz va veb-saytimiz orqali olishingizni tavsiya etamiz. Turli xil noto‘g‘ri xabarlarga ishonib qolmang, albatta, ma'lumotlarni rasmiy manbalardan aniqlashtiring.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play