Rasmiy munosabat
29 / 05 / 2024Joriy yilning 29 may kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarining birida "Hamkorbank" ATB Marg'ilon universal bank xizmatlari ofisida yuzaga kelgan navbat haqida tarqalgan xabar yuzasidan.Olib borilgan ichki surishtiruv natijalariga ko‘ra, murojaatchi Hamkorbank Marg'ilon UBXOga tashrif buyurgan va Jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatish zalida 3 nafar xodim mijozlarga xizmat ko'rsatishgan. 29.05.2024 yil kuni soat 12:07 da barcha xodimlar ish joyida bo'lishgan. Soat 12:08 da esa bir xodim mijozlar ko'p bo'lmagani sababli kun davomida mijozlardan qabul qilingan to'lov hujjatlarini topshirish uchun Bosh hisobchi xonasiga chiqqan. Yana bir xodim ADM bankomatida pul qabul qiluvchi qop to'lganligi bois pullarni inkassatsiya qilish maqsadida nazoratchi kassir bilan ushbu zalda joylashgan ADM bankomatini oldida bo'lgan. Aks holda ofis mijozlari naqd pul mablag'larini ADM orqali kirim qila olmaydilar va bu e'tirozlarga sabab bo'ladi. Ushbu ma'lumotlarga qo'shimcha isbot tarzida ofisning kuzatuv kamerasidan olingan fotosuratlar ilova qilinadi.
Ushbu holatda mijozning keltirgan ma'lumotlari haqiqatga yaqin emas. Buni fotosuratlardagi rasm olayotgan mijozning xatti-harakatlaridan ham ko'rish mumkin. Go'yoki u xodimlarning ish stulidan turishini poylab turganday. Bu albatta mijozning "Vijdoniga" havola. Bunday negativ fikrlovchi jamiyatimiz a'zolari mijozlarga yonib-kuyib xizmat ko'rsatayotgan xodimlarning ishga bo'lgan layoqatining tushib ketishiga ham sabab bo'ladi. Bunday holatlarni tekshirmay, obyektiv baho bermay bank haqida noto'g'ri xabarlarni tarqatayotgan kanallarga davlatning tegishli organlari tomonidan chora-tadbirlarni ko'rilishi maqsadga muvofiqdir.
Yana bir bor eslatib o'tamiz, Hamkorbank xodimlari o'z xizmat vazifalarini ichki tartiblarga rioya qilgan holda bajarishda va mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatishda davom etadi.