mc.yandex.ruyandex

Rasmiy munosabat

10 / 05 / 2024Joriy yilning 10 may kuni ijtimoiy tarmoqdagi Facebook guruhlarining birida, fuqaro O.A. mijozning Hamkorbank Jizzax mintaqaviy bank xizmatlari ofisiga tashrif buyurgani hamda bank ofisida yuzaga kelgan navbat haqida e’lon qilingan xabar yuzasidan.

Olib borilgan ichki surishtiruv natijalariga ko‘ra, murojaatchi Hamkorbank Jizzax mintaqaviy bank xizmatlari ofisiga shaxsiy bank kartasini hisobini to‘ldirish uchun tashrif buyurgan va bank ofisida tushlik vaqtiga yaqin mijozlar soni odatdagidan ko‘proq bo‘lgani sababli navbat yuzaga kelgan.

Ushbu holatda haftaning so‘ngi ish kuni ya'ni juma kuni bank ofisida kunning birinchi qismida odatdagidan ko‘proq mijozlar bank xizmatlaridan foydalanish uchun kelgani sababli navbat yuzaga kelgan. Lekin xodimlar o'z xizmat vazifalarini ichki tartiblardan chetga chiqmagan holda bajarishgan.

Ushbu masalada mijoz bilan qayta qo’ng’iroq orqali gaplashildi va tegishli ma’lumotlar yetkazildi. Hozirda mijozning bankka nisbatan hech qanday e’tirozi mavjud emas. Hamkorbank mijozlarga qulayliklar yaratishda davom etadi.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play