Rasmiy munosabat
10 / 05 / 2024Joriy yilning 10 may kuni ijtimoiy tarmoqdagi Facebook guruhlarining birida, fuqaro L.A. Hamkorbank Qo'qon universal bank xizmatlari ofisiga tashrif buyurgani hamda uning bankka qilgan murojaati hal bo'lmagani haqida e’lon qilingan xabar yuzasidan.Olib borilgan ichki surishtiruv natijalariga ko‘ra, murojaatchi L.A.ning Hamkorbankda rasmiylashtirilgan krediti bo'yicha qarzdorligi mavjud bo'lgan. Uning qarzdorligi o'z vaqtida so'ndirilmaganligi sababli ish sudda ko'rilgan va MIBga undirish maqsadida ijroga chiqarilgan. Mijozning bank kartasidan MIB undirgan mablag'lar esa MIB xodimining xatosi bilan boshqa mijozning kredit qarzdorligiga o'tkazib yuborilgan.
Ushbu holat bo'yicha Hamkorbank Qo'qon UBXO xodimlari tegishli choralarni ko'rishgan va mijozning masalasi ijobiy hal etilgan. Shuningdek, mijozning kredit qarzdorligi so'ndirildi.
Hozirda mijozning bankka nisbatan hech qanday e’tirozi mavjud emas. Hamkorbank har doim mijozlarga yaqindan yordam berishga va ularning muammolarini hal etishga tayyor.