Rasmiy munosabat
11 / 12 / 2023Joriy yilning 6 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi Facebook guruhlarining birida, fuqaro M.U.A. mijozning Hamkorbank VISA Classic kartalarini rasmiylashtirish uchun yaratilgan veb-sayti orqali VISA Classic kartasini rasmiylashtirish uchun qoldirgan arizasi hamda mijozga yuborilgan SMS-xabarnoma xabarlari rus tilida bo‘lganligi haqida e’lon qilingan xabar yuzasidan.Olib borilgan ichki surishtiruv natijalariga ko‘ra, murojaatchi Hamkorbank rasmiy veb-sayti orqali VISA Classic kartasini rasmiylashtirish uchun ariza qoldirgan, so‘ngra aloqa markazi operatori mijozga qayta qo‘ng‘iroq qilgan va VISA Classic kartasini Hamkor ilovasida rasmiylashtirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot bergan. Murojaatchiga bank tomonidan yuborilgan barcha SMS-xabarlari rus tilida bo‘lgan.
Ushbu holatda mijozga yuboriluvchi SMS-xabarnoma tili mijozning VISA Classic kartasini rasmiylashtirgan ilovasining tiliga bog‘liq ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgaradi.
Ushbu masalada mijoz bilan qayta qo’ng’iroq orqali gaplashildi va tegishli ma’lumotlar yetkazildi. Hozirda mijozning bankka nisbatan e’tirozi mavjud emas.