Matbuot markazi
/
Rasmiy munosabatlar
/
«Hamkorbank»ning masofaviy ish tartibi yuzasidan rasmiy munosabat

«Hamkorbank»ning masofaviy ish tartibi yuzasidan rasmiy munosabat

19.09.2026
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

2026-yil 18-sentabr kuni «Mijozlar uchun» Telegram kanalida «Hamkorbank» xodimlarining masofaviy ishlash tartibiga oid ma’lumot e’lon qilindi. Unda bank tomonidan masofaviy ish formatiga nisbatan yondashuv o‘zgargani hamda ayrim xodimlarga ish joyini O‘zbekistonga ko‘chirish masalasi yuzasidan xabar berilgani qayd etilgan.

Mazkur ma’lumot yuzasidan «Hamkorbank» ATB quyidagilarni ma’lum qiladi.

«Hamkorbank»da ish jarayonlarini samarali tashkil etish, jamoalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda biznes jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida ish formatlari muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqib boriladi.

Ayni paytda bankning bosh ofisi Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgani hamda asosiy boshqaruv va biznes jarayonlarini yagona markaz atrofida muvofiqlashtirish zarurati ayrim lavozim va yo‘nalishlarda ish formatlariga oid yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.

Mazkur o‘zgarishlar, avvalo, bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, ish jarayonlarini muvofiqlashtirish, jamoaviy hamkorlik va xizmatlar samaradorligini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq.

Xodimlarga tegishli o‘zgarishlar haqida belgilangan tartibda ma’lumot beriladi hamda mehnat munosabatlari amaldagi qonunchilik va mehnat shartnomalari talablari asosida tartibga solinadi.

«Hamkorbank» xodimlar bilan ochiq va konstruktiv muloqotni muhim deb hisoblaydi. Bankda mehnat jamoasining manfaatlari, professional rivojlanishi va qulay ish muhitini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

«Hamkorbank» ATB bank faoliyatiga bildirilayotgan e’tibor va fikr-mulohazalar uchun minnatdorlik bildiradi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 05.10.2026