Rasmiy munosabat
Joriy yilning 28-iyul sanasida «Hamkorbank» ATBning Sariosiyo bank xizmatlarini ko‘rsatish ofisi (BXO) xodimlari faoliyati bo‘yicha «Surxondaryo sadosi» Telegram kanalida e’lon qilingan murojaat yuzasidan
MUNOSABAT
Holatga ko‘ra, Sariosiyo BXOda mijozlardan biri sun‘iy navbat yuzaga kelayotgani va ba‘zi xodimlar ish joyida emasligi tufayli fuqarolar ortiqcha vaqt yo‘qotayotganligi haqida videomurojaat yo‘llagan.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamizki, Sariosiyo BXO xodimlari tomonidan shu vaqtning o‘zidayoq mijozlarga to‘liq xizmat ko‘rsatilgan. Holat o‘rganib chiqilgach, ma‘lum bo‘ldiki, barcha xodimlar ish vaqtida o‘z joyida bo‘lgan va navbati bilan xizmat ko‘rsatgan. Shu bois tabiiyki, navbatlarning ko‘pligi shoshib turgan boshqa mijozlarga noqulaylik tug‘dirgan hamda ushbu murojaatni bildirishga sabab bo‘lgan.
Bank xodimlari talabga javoban navbat tizimidan foydalanish, boshqalarning huquqlari, qimmatli vaqtlariga ham hurmat bilan qarash zarurligi, chunki navbatsiz xizmat ko‘rsatish qolgan mijozlarning huquqlarini buzishga va haqli noroziliklariga sabab bo‘lishi mumkinligini fuqarolarga tushuntirgan.
Hamkorbank ATB doim sizning xizmatingizda va bildirgan ishonchingizni qadrlaydi, shu boisdan, barcha OAV vakillari va blogerlardan yuzaga kelgan munozarali vaziyatga oid faktlarni to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgan holda yoritishlarini so‘raymiz.