Rasmiy munosabat
Joriy yilning 14-iyul sanasida «Hamkorbank» ATBning To’rtko’l bank xizmatlari ofisida (BXO) yuz bergan holat bo‘yicha Youtube tarmog’idagi «Baxodir Sapayev» kanalida e’lon qilingan murojaat yuzasidan.
Mazkur murojaatda, To’rtko’l BXOda mijozlardan biri fuqarolik pasportini yo’qotib qo’yganligi va bunda bank ofisida xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarni ayblayotganligini ko’rish mumkin.
Murojaatga sabab bo‘lgan holat quyidagicha bo’lib, bank ish soatlari boshlanishidan avval fuqarolar o’zaro navbat tuzishgan va pasportlarni bir fuqaro to’plagan, bank ofisi ochilganidan so’ng esa fuqarolar o’sha navbat bo’yicha bank xizmatlaridan foydalanishgan. Bank xodimlari ushbu talabga javoban navbat tizimidan foydalanish zarurligini tushuntirishgan.
Elsatib o’tamizki, fuqaroning boshqa bir fuqaroga o’zaro ishonch asosida bergan hujjatlari uchun bank javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Bank xodimlari mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida kerakli barcha ishlarni amalga oshiradi.