Rasmiy munosabat
Joriy yilning 15-iyul sanasida «Hamkor» mobil ilovasi faoliyati bo‘yicha Facebook ijtimoiy tarmog’idagi «Потребитель.Уз» kanalida e’lon qilingan murojaat yuzasidan.
Murojaatda mijoz Farrux Nurmatov «Visa virtual» kartasining amal qilish muddati yakunlanganligi munosabati bilan uni yangilamoqchiligini, lekin, ilovada yuzaga kelgan texnik xatolar sababli bir necha bor bankning Aloqa markaziga murojaat qilganligi va muammoni yechishga harakat qilganligini ma’lum qilgan. Shuningdek, mijozga bir necha urinishlardan so’ng «Visa virtual» kartasi rasmiylashtirib berilgan. Hozirda mijoz ushbu kartadan foydalanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamizki, Hamkorbankning yangi ilovasi «Hamkor» ishga tushurilgan bo’lib, hozirda uni rivojlantirish, mijozlar uchun yanada qulay va ommabop bo’lishi uchun barcha ishlar jadal olib borilmoqda.
Murojaatga sabab bo‘lgan noqulayliklar yuzasidan «Hamkorbank» jamoasi uzr so’raydi. Yaqin vaqt oralig’ida yangi ilova barcha zamonaviy bank mahsulotlari va qulayliklar bilan ta’minlanadi.