Rasmiy munosabat

10.03.2026
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Joriy yilning mart oyi boshlarida Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Потребитель.уз» guruhida «Hamkorbank» ATB Yakkasaroy UBXOning ish jadvali yuzasidan e’lon qilingan murojaat yuzasidan

MUNOSABAT

Holatga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda bank hududiy ofisining ish jadvali, xususan, tushlik vaqtida xizmat ko‘rsatish jarayoni yuzasidan fuqarolardan biri tomonidan e’tiroz bildirilib, bank xizmatlaridan foydalanishda noqulaylik yuzaga kelayotgani haqida fikr qoldirilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamizki, «Hamkorbank» ATBning respublika bo‘ylab barcha ofislarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish amaldagi ichki tartib-qoidalar hamda mehnat qonunchiligi talablari asosida tashkil etilgan. Xodimlar tushlik vaqtida navbatma-navbat dam olishlari sababli ayrim hollarda xizmat ko‘rsatish jarayonida vaqtinchalik sekinlashuv kuzatilishi mumkin.

Shu bilan birga, bank tomonidan mijozlarga imkon qadar tez va sifatli xizmat ko‘rsatish, navbatlarni tartibga solish hamda fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

«Hamkorbank» ATB har bir mijoz murojaatini muhim deb biladi hamda bildirilgan fikr va mulohazalar xizmat sifatini yanada takomillashtirishda inobatga olinadi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026