Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
«Hamkorbank» ATB yetkazib beruvchilar o‘rtasida kompyuter texnikalari sotib olish uchun tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB yetkazib beruvchilar o‘rtasida kompyuter texnikalari sotib olish uchun tanlov e’lon qiladi

30.07.2025
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Yetkazib beruvchilar uchun talablar:

  • Ishlab chiqaruvchilardan uskunalarini yetkazib berish va xizmat ko’rsatish bo’yicha avtorizatsiya huquqi mavjudligi;
  • Xizmat ko‘rsatuvchi servis markazi va ish tajribasi mavjudligi;
  • Ehtiyot va butlovchi qismlar ombori mavjudligi;
  • Toshkent yoki Andijon shaharlari bo‘ylab yetkazib berish imkoniyati.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:

  1. Tanlov taklifi (2-ilova) va Tanlov taklifiga 1-ilova;
  2. Ishtirokchi anketasi (1-ilova);
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tajriba haqida ma’lumotnoma (4-ilova);
  4. Ishtirokchining ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha materiallar.

Tanlov materiallarida sanab o‘tilgan hujjatlarning shablonlari keltirilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
  3. Tanlov taklifi shakliga Ilova-1
  4. Ilova 3 — Texnik topshiriq
  5. Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida: «Kompyuter» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 13.08.2025 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Tanlov bo‘yicha savollar: Murodjon Ataboev, (ataboev.m@hamkorbank.uz)

Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 1221

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlash va tanlov qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladilar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026