Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
“Hamkorbank” ATB korporativ madaniyatni o’zgartirish, tadqiqot va strategiyani ishlab chiqish bo'yicha tanlov e'lon qiladi

«Hamkorbank» ATB korporativ madaniyatni o’zgartirish, tadqiqot va strategiyani ishlab chiqish bo’yicha tanlov e’lon qiladi

30.07.2025
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

  • 500 yoki undan ortiq xodimi bo’lgan tashkilotlarda madaniyatni diagnostika qilish va o’zgartirish bo’yicha kompleks loyihalarni amalga oshirish bo’yicha tasdiqlangan tajribaga ega bo‘lishi. Bunda, moliyaviy sektordagi tajribalarga ustunlik beriladi;
  • Korporativ madaniyatni o’rganish va xulq-atvor qoidalarini/kompetentligini rivojlantirish uchun tasdiqlangan metodologiyaning mavjudligi. Metodologiyalar tanlov arizasida tavsiflanishi va asoslanishi kerak;
  • Vision, missiya va qadriyatlarga muvofiqlikni aniqlash uchun tadbir o’tkazish uchun jamoada tajribali fasilitatorlarga ega bo’lishi;
  • Xulq-atvor ko’rsatkichlari, yetakchilik modellari va brend platformalarini ishlab chiqishda tasdiqlangan tajribaga ega bo’lishi;
  • Maxfiylik va Buyurtmachining axborot xavfsizligini standartlarga muvofiqligini ta’minlashga tayyorligi;

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga ilova 1;
  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1);
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
  3. Tanlov taklifiga ilova 1
  4. Ilova 3 — Texnik topshiriq
  5. Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida «Korporativ madaniyat» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 12.08.2025 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Texnik topshiriq bo‘yicha savollar: Abduraxmonova Nilufar, N.Abduraxmanova@hamkorbank.uz

Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 1539

Tanlov bo‘yicha savollar: Murodjon Ataboev, m.ataboev@hamkorbank.uz

Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 1221

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026