«Hamkorbank» ATB Atlassian Jira va Confluence Premium litsenziyalarini sotib olish bo’yicha tanlov e’lon qiladi
Ishtirokchilarga qo’yilga talablar:
- Texnik shartlarga muvofiqligi;
- Litsenziya shartnoma imzolangandan keyin 1 kalendar kun ichida faollashtirish;
- Atlassian Premium hamkor maqomining mavjudligi;
- Dastlabki o’qitish, ishga tushirish va konsultatsiya amalga oshirish imkoniyati (agar kerak bo’lsa);
- Litsenziya kamida bir yillik texnik yordam bilan birga bo’lishi(support);
- Elektron pochta, telefon va onlayn chat kabi tezkor texnik yordam kanallari mavjud bo’lishi;
- Rus tilida qo’llab-quvvatlash.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
- Tanlov taklifi (ilova 2);
- O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4)
- Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.
Yuoqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.
Tanlov materiallari:
- Ilova 3 — Jira va Confluence litsenziyasi uchun Texnik topshiriq
- Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
- Pochta mavzusida «Jira» deb ko‘rsatish zarur.
- Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari
- Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 18.06.2025 yilgacha.
Aloqa ma’lumotlari:
Texnik savollar bo‘yicha Валиев Азизбек a.valiev@hamkorbank.uz,
0 (800) 1 200 200 доб. 1167
Tanlov bo‘yicha savollar: Murodjon Ataboev, m.ataboev@hamkorbank.uz
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 1221
Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.