Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
"Hamkorbank" ATB yangi normativ hisobot RegTechga o’tish loyihasini amalga oshirish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB yangi normativ hisobot RegTechga o’tish loyihasini amalga oshirish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi

19.08.2025
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

  1. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan o‘xshash loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.
  2. Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:
  • RegTech yoki shunga o’xshash talablar asosida saqlash yadrosini loyihalash bo’yicha loyihalarini amalga oshirish bo’yicha kamida 3 yil davomida bank sektoriga e’tibor qaratgan holda, iABS va RS-Bank ABS bilan ish tajribasi, shuningdek, O’zbekistondagi regulyatorlarning ma’lumotlar modellari bilan ish tajribasi;
  • Ma’lumotlar arxitekturasi, biznes tahlili UTPni ishlab chiqish, ma’lumotlar sifatini nazorat qilish sohasidagi vakolatlar, regulyatorlarning ma’lumotlar modellari bilan ish tajribasi;
  • Bank sektoridagi tartibga soluvchilar bilan o’zaro hamkorlik tajribasi (jumladan, O’zb. Res. Markaziy banki)
  • Ishtirokchi amalga oshirilayotgan yoki tugallanyotgan shunga o’xshash loyihalar mavjudligini tasdiqlashi kerak.

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan to‘liq talablar tender materiallarida keltirilgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga ilova 1;
  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1);
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuoqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
  3. Tanlov taklifiga ilova 1
  4. Ilova 3 — Texnik topshiriq
  5. Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida «RegTech» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 01.09.2025 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Tanlov bo‘yicha savollar: Murodjon Ataboev, konkurs@hamkorbank.uz

Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 1221

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026