Server uskunalari, ma’lumotlarni saqlash tizimlari, noutbuklar, Citrix VDI va Citrix Netscaller litsenziyalarini yetkazib berish berish bo‘yicha ochiq tanlov | Tender va tanlovlar | Hamkorbank

"Hamkorbank" ATB “Server uskunalari, ma’lumotlarni saqlash tizimlari, noutbuklar, Citrix VDI va Citrix Netscaller litsenziyalarini yetkazib berish berish va joriy etish, keyinchalik qo’llab-quvvatlash va xodimlarini o’qitish” bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

14 / 11 / 2025

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

1. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan o‘xshash loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.

2. Tanlov 3 ta lotdan iborat bo‘lib, arizalarni bitta yoki bir nechta lotlar bo‘yicha topshirish mumkin:

  • 1-lot – “Server uskunalari va ma’lumotlarni saqlash tizimini yetkazib berish va joriy etish, texnik qo‘llab-quvvatlash bilan”;
  • 2-lot – “Citrix VDI va Citrix NetScaler litsenziyalarini yetkazib berish, qo‘llab-quvvatlash va buyurtmachi xodimlarini o‘qitish”;
  • 3-lot – “Noutbuklarni yetkazib berish va servis xizmatlarini ko‘rsatish”.

3.    Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:

1- va 2-lotlar bo‘yicha:

  • Serverlar yuqori unumdorlikka ega bare-metal (fizik) serverlar bo‘lishi va hisoblash quvvatlari, xotira hamda disk tizimlarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
  • Ma’lumotlarni saqlash tizimi korporativ darajada bo‘lib, o‘rtacha (mid-range) segmentdan past bo‘lmasligi lozim.
  • Serverlar va saqlash tizimi XenServer 8.4 yoki undan yuqori versiyadagi gipervizor bilan mos bo‘lishi kerak (rasmiy moslik ro‘yxatiga ko‘ra: https://hcl.xenserver.com/).
  • Yechim apparat darajasida nosozliklarga bardoshli bo‘lishi lozim. Muhim komponentlar (quvvat bloklari, disklar va h.k.) tizimni to‘xtatmasdan “hot-swap” rejimida almashtirilishi kerak.
  • Barcha uskunalar ishlab chiqaruvchining rasmiy sertifikatiga ega bo‘lishi va kamida 3 yillik kafolat va texnik qo‘llab-quvvatlash bilan yetkazilishi kerak.
  • Tanlovda faqat quyidagi ishlab chiqaruvchilarning uskunalari qabul qilinadi: Dell, HPE, Lenovo, NetApp, Pure Storage, Huawei. Boshqa brendlar bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

3-lot bo‘yicha:

  • 3-lot uchun quyidagi ishlab chiqaruvchilarning noutbuklari qabul qilinadi: HP, Acer, Dell, Asus, Lenovo.
  • Kafolat muddati — kamida 2 yil.
  • Yetkazib berish shartlari: umumiy hajmning 100% 50 kalendar kun ichida yetkazilishi shart.
  • Yetkazib beruvchi noutbuklarni yetkazish va servis ko‘rsatish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi lozim: 2023–2025 yillar davomida kamida ikki taqqoslanadigan hajmdagi shartnoma bajarilgan bo‘lishi kerak.
  • Noutbuklarga qo‘yilgan texnik talablar batafsil 3-ilovada ko‘rsatilgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga ilova 1;
  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1)
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4)
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuoqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Tanlov hujjatlari - Server, MST, VDI va noutbuk
  2. Ilova 1 - Ishtirokchi anketa shakli
  3. Ilova 2 - Tanlov taklifi shakli
  4. 1,2 va 3 lotlar tanlov taklifi shakliga Ilova 1
  5. Ilova 3.1 –Texnik topshiriq_VDI_lot 1,2
  6. Ilova 3.2 –Texnik topshiriq_noutbuk_ lot 3
  7. Ilova 4 – Lotlar bo’yicha tajriba ma’lumotnomasining shakli
  8. Ilova 5 – SLA bo'yicha kelishuv

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz 
  • Pochta mavzusida «Server, litsenziya va noutbuk» deb ko‘rsatish zarur. 
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 27.11.2025 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari: 

Tanlov bo‘yicha savollar: Telefon: 0-800-1-200-200, 1256

O’rinboyev Abduvoxid, ichki: 0494

Axmedov Dilshod, ichki: 0494

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play