ATB «Hamkorbank» yuridik shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlari tizimini xarid qilish bo‘yicha ochiq tender e’lon qiladi
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
1. Tenderda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan holda shu kabi faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar ishtirok etishi mumkin.
2. Asosiy shartlar:
- Banklarda yuridik shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlari tizimlari dasturiy ta’minotini joriy etish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kamida ikkita amaliy tajribaga ega bo‘lishi kerak (2020−2025-yillar davomida kompaniyaning o‘zi, bosh tashkiloti yoki xolding doirasida bevosita amalga oshirilgan);
- Yuridik shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlari tizimining dasturiy ta’minoti mikroservis arxitekturasi asosida yaratilishi kerak (batafsil ma’lumot 5-ilovada — YUSh uchun MBXT mikroservis arxitekturasi mezonlari);
- Buyurtmachiga tizimni mustaqil ravishda takomillashtirish va o‘zgartirish huquqini berishga rozilik/tayyorlik;
- Joriy etilgan tizimning 100% dasturiy kodiga bo‘lgan eksklyuziv yoki noeksklyuziv huquqlarni buyurtmachiga berishga tayyorlik;
- Xizmat ko‘rsatish darajasi kelishuvi SLA (talablarini bajarishga tayyorlik6-ilova — YUSh uchun MBXT XKD);
- Tizimni joriy etish muddati xizmat ko‘rsatish boshlangan kundan boshlab 16 oydan oshmasligi kerak;
- Yuridik shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlari tizimining dasturiy ta’minoti 3-ilovada keltirilgan «AKB ”Hamkorbank» uchun YUSh MBXT tizimini joriy etish bo‘yicha texnik topshiriq"dagi majburiy talablarga javob berishi kerak.
Tender qatnashchilariga qo‘yiladigan to‘liq talablar tender hujjatlarida bayon etilgan.
Tender o‘tkazish bosqichlari:
Tender ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich:
- Takliflarni qabul qilish: e’lon joylashtirilgan kundan boshlab 2 hafta davomida.
2-bosqich:
- Takliflarni aniqlashtirish va tahlil qilish: takliflar qabul qilish muddati tugagan kundan boshlab 2 hafta davomida;
- Qo‘shimcha tijorat takliflarini qabul qilish: takliflarni aniqlashtirish muddati tugagan kundan boshlab 1 hafta davomida;
- Qaror qabul qilish va g‘olibni e’lon qilish: qo‘shimcha takliflar qabul qilish muddati tugagan kundan boshlab 1 kun davomida.
Tenderda ishtirok etish uchun quyidagi to‘ldirilgan hujjatlarni taqdim etish zarur:
- Tender taklifi (№ 2 ilova) va tender taklifiga 1,2-ilovalar
- Ishtirokchining anketasi (№ 1 ilova).
- Shunga o‘xshash loyihalarni bilan ishlash tajribasi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (№ 4 ilova).
- Ishtirokchining ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha materiallar.
Yuqorida keltirilgan hujjatlarning namunalari tender materiallarida keltirilgan.
Tender materiallari:
1. YUSh MBXT tanlov hujjatlari
2. 1-ilova — YUSh MBXT ishtirokchisining anketa shakli
3. 2-ilova — Tanlov taklifi shakli
3.1. YUSh MBXT tanlov taklifiga 1-ilova
3.2. YUSh MBXT tanlov taklifiga 2-ilova
4. 3-ilova — «Hamkorbank» ATB uchun YUL MBXT tizimini joriy etish bo‘yicha texnik topshiriq
5. 4-ilova YUSh MBXT tajribasi to‘g‘risida ma’lumotnoma shakli
6. 5-ilova — YUSh MBXT mikroservis arxitekturasi mezonlari
8. 7-ilova — Taklifning TT (3-ilova) talablariga muvofiqlik darajasi
Takliflarni kiritish shartlari:
- Tender takliflari quyidagi elektron pochta manziliga qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz;
- Xabar mavzusida quyidagilarni ko‘rsatish zarur: «YUSh MBXT tizimini joriy etish bo‘yicha tender»;
- Takliflar valyutasi: O‘zbek so‘mi, AQSH dollari;
- Takliflarni kiritishning so‘nggi muddati: e’lon joylashtirilgan kundan boshlab 2 hafta.
Aloqa uchun ma’lumotlar:
Juykov Danil, elektron pochta: d.zhuikov@hamkorlab.club
Tender bo‘yicha savollar: Murodjon Ataboyev, m.ataboev@hamkorbank.uz
Тelefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki raqam: 1147, 1221
Barcha qo‘shimcha talablar tenderga ilova qilingan tender hujjatlarida ko‘rsatilgan. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlash va tender reglamentiga rioya qilish majburiyatini oladilar.