mc.yandex.ruyandex

Biznes-rejani tuzish

Biznes-reja nimani anglatadi?

Biznes-reja – bu hujjat tuzuvchi va investorlar uchun tushunarli yoʻriqnoma boʻlib, u biznes-tizim mexanizmlari yordamida asosiy keltirilgan gʻoyani moddiy dunyoda amalga oshiradi.




Biznes-reja quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:



  • Tashkilot toʻgʻrisida maʼlumotlar

Mazkur boʻlimga tashkilot, faoliyat turi va uning muassislari toʻgʻrisida maʼlumotlar joylashtiriladi.



  • Loyiha maqsadi va vazifalari

Bu yerda siz gʻoya tahlilini keltirishingiz, kuchli va zaif tomonlarni, shuningdek imkoniyatlar va tavakkalchiliklarni ochib berishingiz kerak boʻladi. .



  • Bozor tahlili

Ushbu boʻlimda raqobat va sotish bozorlari toʻgʻrisida maʼlumot joylashtirilishi lozim. Bu yerda sizning faoliyatingizga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ijobiy va salbiy omillarni keltirish lozim.



  • Tashkiliy tuzilma

Mazkur boʻlimda korxonangiz xodimlarining soni, ularning lavozimlari va ular oladigan ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot joylashtirilishi lozim.



  • Ishlab chiqarish va sotish rejasini tuzish

Mazkur boʻlim faqat tovarni ishlab chiqarish bosqichlari, ularni kuzatib boruvchi texnik jarayonlarga bagʻishlanadi. Bu yerda aktivlaringizda mavjud xonalar, texnik uskunalar, sizning rahbarligingizda ishlaydigan yoki ishlayotgan oʻqitilgan va malakali xodimlar toʻgʻrisida maʼlumotlar yoziladi. Shuningdek, bu yerda siz zarur hollarda ishlab chiqariladigan material hajmini koʻpaytiradigan yoki kamaytiradigan usullar tavsiflab beriladi.



  • Moliyaviy reja (foyda va zararlar tahlili)

Biznes-rejaning mazkur qismi daromadlar va harajatlar rejasini, muayyan vaqt oraligʻida mahsulotni realizatsiya qilishning taxminiy rejasini oʻz ichiga olishi kerak.



  • Kreditni qaytarish jadvali

Mazkur boʻlimga talab etilgan kredit summasi, kredit muddati va kredit boʻyicha oylik toʻlovlar hamda qarz oluvchining toʻlov qobiliyati toʻgʻrisida yakuniy xulosa aks ettirilgan kredit jadvali joylashtiriladi.



O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play