Biznes-rejani tuzish
Biznes-reja nimani anglatadi?
Biznes-reja — bu hujjat tuzuvchi va investorlar uchun tushunarli yo‘riqnoma bo‘lib, u biznes-tizim mexanizmlari yordamida asosiy keltirilgan g‘oyani moddiy dunyoda amalga oshiradi
Biznes-reja quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
Mazkur bo‘limga tashkilot, faoliyat turi va uning muassislari to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtiriladi
Bu yerda siz g‘oya tahlilini keltirishingiz, kuchli va zaif tomonlarni, shuningdek imkoniyatlar va tavakkalchiliklarni ochib berishingiz kerak bo‘ladi
Ushbu bo‘limda raqobat va sotish bozorlari to‘g‘risida ma’lumot joylashtirilishi lozim. Bu yerda sizning faoliyatingizga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy omillarni keltirish lozim
Mazkur bo‘limda korxonangiz xodimlarining soni, ularning lavozimlari va ular oladigan ish haqi to‘g‘risida ma’lumot joylashtirilishi lozim
Mazkur bo‘lim faqat tovarni ishlab chiqarish bosqichlari, ularni kuzatib boruvchi texnik jarayonlarga bag‘ishlanadi. Bu yerda aktivlaringizda mavjud xonalar, texnik uskunalar, sizning rahbarligingizda ishlaydigan yoki ishlayotgan o‘qitilgan va malakali xodimlar to‘g‘risida ma’lumotlar yoziladi. Shuningdek, bu yerda siz zarur hollarda ishlab chiqariladigan material hajmini ko‘paytiradigan yoki kamaytiradigan usullar tavsiflab beriladi
Biznes-rejaning mazkur qismi daromadlar va harajatlar rejasini, muayyan vaqt oralig‘ida mahsulotni realizatsiya qilishning taxminiy rejasini o‘z ichiga olishi kerak
Mazkur bo‘limga talab etilgan kredit summasi, kredit muddati va kredit bo‘yicha oylik to‘lovlar hamda qarz oluvchining to‘lov qobiliyati to‘g‘risida yakuniy xulosa aks ettirilgan kredit jadvali joylashtiriladi
