Jismoniy shaxslar uchun
/
Ipoteka kreditlari
/
Uy-joyni sotib olish va ta’mirlash uchun kredit

Uy-joyni sotib olish va ta’mirlash uchun kredit

Uy-joyni sotib olish va ta’mirlash uchun kredit
800 mln so‘mgacha

Kredit miqdori

20 yilgacha

Kredit muddati

20% dan boshlab

Foiz stavkasi

26%

Boshlang‘ich badal

Ipoteka uchun ariza qoldirish

1
Ariza qoldiring
Ariza qoldirganingizdan so‘ng, operator siz bilan bog‘lanadi
2
Konsultatsiya oling
Mahsulot va hujjatlar bo‘yicha konsultatsiya beramiz
3
Hujjatlarni tayyorlang
Bank ofisiga tashrif buyuring
4
Qarorni bilib oling
Hujjatlarni topshirgandan so‘ng

Shaxsiy yondashuv

Tezkor qaror

Qulay foiz stavkalari

Minimal hujjatlar

Hamkorbank ipoteka ustunlik tomonlari

Kreditni hisoblash

Kredit miqdori
0
Jami oylik to‘lov
0
Yillik foiz stavkasi
Kreditning to‘liq qiymati
0
Sizga kerak bo‘ladi

Kredit haqida batafsil

Kredit maqsadi

O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi hisobidan birlamchi va ikkilamchi bozordagi yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p qavatli uylardan kvartira sotib olish hamda uy-joyni ta’mirlash uchun ajratiladigan uzoq muddatli ipoteka krediti.

Birlamchi uу-jоу bozoridan tayyor holda topshirish sharti bilan yoki tayyor holda topshirish shartisiz (xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tаyуоr holda) kvartiralarni sotib olish
Kredit miqdori
  • Toshkent shahri uchun — 800 mln so‘mgacha
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 500 mln so‘mgacha
Foiz stavkasi

Markaziy bankning asosiy stavkasi + 6%

Muddati

20 yilgacha

Hujjatlar
  • Kredit olish uchun ariza
  • Qarz oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat
  • So‘nggi 12 oylik ish haqi ma’lumotnomasi
  • Uy-joy sotib olish shartnomasi
  • Tovar/xizmatni yetkazib berish shartnomasi
Ta’minoti

Kafillik yoki garov

Garov summasi kreditning 125 foizidan kam bo‘lmasligi kerak

Qarz oluvchi va kafilga qo‘yiladigan talablar
  • Respublika hududida doimiy yashovchi va barqaror daromadga ega bo‘gan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
  • Yoshi 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan
  • Oxirgi 12 oy ichida rasmiy ishga ega va barqaror daromadi bo‘lishi
  • Rasmiylashtirilgan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzlarning yo‘qligi. Barcha rasmiylashtirilgan kreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha qarz oluvchilar bilan birgalikda qarz yuki o‘rtacha oylik daromadning 50 foizidan oshmasligi kerak
  • Yashash va ish joyi bank faoliyat yuritayotgan hududga to‘g‘ri kelishi kerak
Ajratish shakli

Sotuvchi hisob-raqamiga o‘tkaziladi

Ariza berish joyi

Bank ofislarida

Kreditni so‘ndirish shakli

Har oy quyidagi usullardan istalgan biri orqali:

  • Bankning mobil ilovasi orqali
  • To‘lov ilovalari orqali
  • O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari orqali
  • Bank filiallarida, karta yoki naqd pul orqali
Muddatidan oldin so‘ndirish

Qo‘shimcha to‘lovlar yoki jarimalarsiz to‘liq yoki qisman muddatidan oldin to‘lash mumkin

Yakka tartibda qurilgan uy-joylar уоki ko‘p qavatli uydagi хоnadonlar
Ta’rifi

Foydalanishga topshirilgan xonadonlar (kadastri mavjud, xonalarga bo‘lingan va bo‘linmagan), turаr-jоу (birlamchi va ikkilamchi uy bozoridan) sotib olish

Kredit miqdori
  • Toshkent shahri uchun — 800 mln so‘mgacha
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 500 mln so‘mgacha
Muddati

10 yil

Imtiyozli davr

Ko‘zda tutilmagan

Foiz stavkasi

Yillik 22,5%

Foiz Stavka 3 (uch) yilda bir qayta ko‘rib chiqiladi

Boshlang‘ich badal

Xarid qilinayotgan uy-joy qiymatining kamida 26%i

Ta’minoti

Ipoteka krediti hisobiga sotib olingan turar joy mulki

Yakka tartibdagi uy-joylarni va ko‘p qavatli uylardagi kvartiralarni ta’mirlash
Ta’rifi

Ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar va yakka tartibdagi uy-joylarni ta’mirlash uchun kredit. Tarkibiy o‘zgartirishlar (rekonstruksiya) dan tashqari.

Muddati

6 yil

Imtiyozli davr

Ko‘zda tutilmagan

Foiz stavkasi

Yillik 22,5%

Foiz Stavka 3 (uch) yilda bir qayta ko‘rib chiqiladi

Boshlang‘ich badal

Ko‘zda tutilmagan

Ta’minoti

Ipoteka krediti hisobiga ta’mirlanayotgan turar joy mulki

Uy-joy sotib olish uchun va ta’mirlash uchun kredit (Vaqtincha to‘xtatilgan)
Ta’rifi

Uy joy sotib olish va ta’mirlash uchun ajratiladigan ipoteka krediti.

Kredit miqdori
  • Sotib olish uchun — 450 mln so‘mgacha
  • Ta’mirlash uchun — 140 mln so‘mgacha
Muddati
  • Sotib olish uchun — 20 yilgacha (kamida 10 yil)
  • Ta’mirlash uchun — 10 yilgacha
Imtiyozli davr

Ko‘zda tutilmagan

Foiz stavkasi

Yillik 19,5%

Boshlang‘ich badal
  • Sotib olish uchun — 26% dan boshlab
  • Ta’mirlash uchun — ko‘zda tutilmagan
Ta’minoti

Ipoteka krediti hisobiga ta’mirlanayotgan va sotib olinayotgan turar joy mulki

Norasmiy daromad egalari uchun ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha muvofiqlik mezonlari
Qarz oluvchi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan: YATT, Mehnat muhojirlari, uyni ijaraga beruvchilar, aksiyadorlar, O‘zini o‘zi band qilgan 18 yoshga to‘lgan 60 yoshdan oshmagan shaxslar

Kredit maqsadi

Foydalanishga topshirilgan (kadastri mavjud) turar-joyni sotib olish va ta’mirlash uchun

Tasdiqlanadigan daromad manbalariga ega qarz oluvchilar:
  • Rasmiy pul o‘tkazmasi tarixiga ega mehnat muhojirlari;
  • Dividend oluvchi shaxslar;
  • Rasmiy ravishda ijara daromadiga ega shaxslar;
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlar;
  • Daromadlar tarixiga ega o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar.
Daromadlar

Jismoniy shaxs:

  • chet eldan rasmiy pul o‘tkazmalari — 100%; (Mexnat muxojirining o‘ziga, turmush o‘rtog‘iga yoki bir manzilda turuvchi otasi/onasi/farzandiga ya’ni pul o‘tkazmasini qabul qiluvchi shaxsga ajratilishi mumkin.)
  • dividendlar — 100%;
  • soliq platformasida ro‘yxatdan o‘tgan ijaradan tushgan tushumlari — 100% daromad sifatida olinadi.

Yakka tartibdagi tadbirkor:

  • hisobvaraq aylanmasining — 20% daromad sifatida olinadi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs:

  • soliq hisoblarida va KATM platformalarida aks ettirilgan tushumlar — 100% daromad sifatida olinadi.
Tasdiqlanadigan daromad manbalariga ega qarz oluvchilar

Kamida 12 oylik

Boshlang‘ich to‘lov

Sotib olinayotgan uy-joy qiymatining -kamida 35%

Majburiylari
Qo‘shimcha
Fuqarolik

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar

Yoshi

18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan

Mehnat staji

Oxirgi ish joyidagi mehnat tajribasi — kamida 12 oy

Daromadi

Qarz oluvchining oilaviy daromadi yig‘indisi oyiga o‘rtacha 15 million so‘mdan oshmasligi kerak

Qarz yuki

Rasmiylashtirilgan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzlarning yo‘qligi. Barcha rasmiylashtirilgan kreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha qarz oluvchilar bilan birgalikda qarz yuki o‘rtacha oylik daromadning 50 foizidan oshmasligi kerak.

Yashash va ish joyi

Bank faoliyat yuritayotgan hudud bilan mos kelishi kerak

Hamkor ilovasi

  • Valyutani bir zumda ayirboshlang
  • Oyiga 5 000 000 so‘mgacha bepul pul o‘tkazing
  • Visa Classic kartasini bepul rasmiylashtiring
Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Mobil bank
Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Hamkor ilovasi Hamkor ilovasi
Oxirgi yangilanish sanasi: 22.12.2025