Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
“Hamkorbank” ATB bank mahsulotlari va xizmatlarini internetda (digital) reklama qilish uchun reklama agentliklari o‘rtasida tanlov e‘lon qiladi

«Hamkorbank» ATB bank mahsulotlari va xizmatlarini internetda (digital) reklama qilish uchun reklama agentliklari o‘rtasida tanlov e‘lon qiladi

28.07.2025
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

  1. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida taqiqlanmagan, xuddi shunday loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.
  2. Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:
  • Ushbu sohada ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak;
  • Tanlov materiallarida ishtirokchilarga qo‘yilgan majburiy talablarga mos kelishi keltirilgan;

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga ilova 1;
  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1);
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
  3. Tanlov taklifiga ilova 1
  4. Ilova 3 — Texnik topshiriq
  5. Texnik qopshiriqga ilova 1
  6. Texnik qopshiriqga Ilova 2
  7. Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida «Reklama (digital)» deb ko‘rsatish zarur.

Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.

Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 06.08.2025 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 1138

Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 1221

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026