Bankomat (ATM)lar yetkazib berish bo’yicha, kafolat va keyinchalik servis xizmati ko’rsatish sharti bilan ochiq tanlov | Tender va tanlovlar | Hamkorbank

"Hamkorbank" ATB “Bankomat (ATM)lar yetkazib berish bo’yicha, kafolat va keyinchalik servis xizmati ko’rsatish sharti bilan ochiq tanlov e’lon qiladi

06 / 02 / 2026

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

  1. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq shunday turdagi loyihalarni amalga oshirish taqiqlanmagan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.
  2. Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:

  • Xarid qilinayotgan bankomatlar yangi, avval foydalanilmagan bo’lishi shart. Ko’rgazma namunalari, tiklangan (qayta yig’ilgan), ehtiyot qismlardan tuzilgan yoki ishlatilgan uskunalarni yetkazib berishga yo’l qo’yilmaydi;
  • Bankomatlar HUMO yoki UZCARD milliy to’lov tizimlariga ulash imkoniyati mavjud bo’lishi, shuningdek Bank tanloviga ko’ra alohida boshqaruv va antivirus dasturiy ta’minotini o’rnatish hamda qurilmani bank protsessingiga ulash imkoniyati bo’lishi kerak;
  • Har bir qurilmaga qo’shimcha dasturiy agentlarni o’rnatish imkoniyati bo’lishi lozim. Jumladan:

    • Cash Management tizimi agenti;
    • Texnik holatni monitoring qilish tizimi agenti;
  • Yetkazib beruvchi bankomatlarni to’liq komplektatsiyalangan va ishga tayyor holatda taqdim etishi shart (kabellar, mustahkamlash moslamalari va o’rnatish hamda ulash uchun zarur bo’lgan boshqa barcha qismlar bilan birga);
  • Agar buyurtmachi tomonidan olinmagan, biroq so’ralgan konfiguratsiyaning to’liq ishlashi uchun majburiy bo’lgan qo’shimcha modular, mahsulotlar yoki xizmatlar mavjud bo’lsa, bu aniq ko’rsatilishi lozim.

Ushbu majburiy komponentlarning qiymati yetkazib berilayotgan uskunaning bir dona narxiga kiritilgan bo’lishi shart.

  • Barcha uskunalar rasmiy sertifikatga ega bo’lishi va ishlab chiqaruvchi tomonidan kamida 2 (ikki) yil kafolat bilan yetkazib berilishi shart;
  • Tanlovda ishtirok etish uchun faqat quyidagi ishlab chiqaruvchilarning uskunalariga ruxsat etiladi: GRG, NCR, Hyosung. Boshqa brenddagi uskunalar bo’yicha takliflar ko’rib chiqilmaydi;
  • Umumiy miqdori – 300 dona. Shu bilan birga, bank turli yetkazib beruvchilardan 100 donadan boshlab xarid qilish huquqini o’zida saqlab qoladi;
  • Bankomatlarni yetkazib berish shartlari – CIP, Toshkent, DDP (buyurtmachining omborigacha) shartlari asosida;
  • Bankomatlarga qo‘yilgan texnik talablar batafsil 3-ilovada ko‘rsatilgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga ilova 1;
  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1)
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4)
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuoqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Tanlov hujjatlari – Bankomatlar
  2. Ilova 1 - Ishtirokchi anketa shakli
  3. Ilova 2 - Tanlov taklifi shakli
  4. Tanlov taklifi shakliga Ilova 1
  5. Ilova 3 –Texnik topshiriq_Bankomatlar
  6. Texnik topshiriq shakliga Ilova 3.1
  7. Ilova 4 – Lotlar bo’yicha tajriba ma’lumotnomasining shakli
  8. Texnik topshiriq oxirida SLA bo'yicha kelishuv ko’rsatilgan

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz 
  • Pochta mavzusida «Bankomat» deb ko‘rsatish zarur. 
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 22.02.2026 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Tanlov bo‘yicha savollar: Telefon: 0-800-1-200-200, 1256

Axmedov Dilshod, ichki: 0574

O’rinboyev Abduvoxid, ichki: 0494

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play