ATB «Hamkorbank» Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan binoni ta’mirlash bo‘yicha pudratchi tanlovini e’lon qiladi
Tanlov bo‘yicha talablar:
- O‘zbekiston Respublikasida ish tajribasiga ega bo‘lish, shunga o‘xshash ishlarni bajarish bo‘yicha (shu jumladan moliya muassasalari uchun) tajribaga ega bo‘lish.
- Talablar Tanlov hujjatlarida va Texnik topshiriqda (3-ilova) ko‘rsatilgan.
- Qo‘qon shahridagi obyekt bo‘yicha ishlarni tugatish muddati — 2026-yil 25-yanvargacha.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
- Tanlov ishtirokchisining anketa shakli (1-ilova);
- 1-shakl — Ishtirokchi haqida umumiy ma’lumotlar;
- 3-shakl — Mehnat haqi fondi va xodimlar soni bo‘yicha ko‘rsatkichlar;
- 5-shakl — Oxirgi uch yil ichida o‘xshash obyektlarda bajarilgan ish tajribasi;
- 6-shakl — Ish jarayonida foydalaniladigan jihozlar, mashinalar va mexanizmlar ro‘yxati;
- 7-shakl — Tanlov o‘tkazish vaqtidagi amaldagi pudrat shartnomalari (obyektlar) haqida ma’lumot;
- Ishtirokchining xohishiga ko‘ra qo‘shimcha materiallar.
Barcha shakllar va namunaviy hujjatlar tanlov materiallarida taqdim etilgan.
Tanlov materiallari:
- 1-ilova — Tanlov ishtirokchisi anketa shakli
- 2-ilova — Tanlov taklifi shakli
- Tanlov taklifiga 1-ilova — «ATB „Hamkorbank“ Taxtapul binosini kapital ta’mirlash uchun ish hajmlar ro‘yxati»
- Tanlov taklifiga 2-ilova — «Ishtirokchi tomonidan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan talablar ro‘yxati»
- 3-ilova — Texnik topshiriq
- 1-shakl — Ishtirokchi haqida umumiy ma’lumotlar
- 3-shakl — Mehnat haqi fondi va xodimlar soni bo‘yicha ko‘rsatkichlar
- 5-shakl — Oxirgi uch yildagi o‘xshash obyektlardagi ish tajribasi
- 6-shakl — Foydalaniladigan jihozlar, mashinalar va mexanizmlar ro‘yxati
- 7-shakl — Amaldagi pudrat shartnomalari (obyektlar) haqida ma’lumot
Takliflarni taqdim etish shartlari:
- Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchi o‘z taklifini 2025-yil 3-noyabrga qadar himoyalangan/yopiq konvertda BTS pochtasi orqali quyidagi manzilga jo‘natishi lozim:
Konvertda quyidagicha yozuv bo‘lishi shart:
«Qo‘qon. Xaridlar bo‘limi uchun. Ataboyev Murodjonga».
- Shuningdek, tanlov hujjatlari elektron shaklda quyidagi manzilga yuborilishi lozim: konkurs@hamkorbank.uz Elektron xat mavzusida: «Qo‘qon» deb ko‘rsatish zarur.
Taklif valyutasi: Milliy valyuta — SO‘M
Takliflarni yuborishning so‘nggi sanasi: 2025-yil 3-noyabr
Aloqa ma‘lumotlari:
Tanlov bo‘yicha savollar uchun: Murodjon Ataboyev,
Email: m.ataboev@hamkorbank.uz
Telefon: 0−800−1-200−200, ichki: 1256, qo‘shimcha: 1221
Tanlovga biriktirilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan barcha qo‘shimcha talablar bajarilishi lozim. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlash va tanlov tartibiga rioya qilish majburiyatini oladilar.