Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
"Hamkorbank" ATB brendlangan korporativ sovg‘alar to‘plamini xarid qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB brendlangan korporativ sovg‘alar to‘plamini xarid qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

13.11.2025
3 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

  1. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan o‘xshash loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.
  2. Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:
  • Brendlangan korporativ sovg’lar to’plami (5 tasi 1 da) quyidagicha buyumlardan iborat bo’lishi lozim: Ofis kundaligi, sharikli ruchka, kartxolder, flesh-disk, jevak va sovg’alar qutisi;
  • Barcha buyumlar yagona korporativ uslubda ishlangan bo’lishi lozim;
  • Buyumlarning asosiy rangi — to‘q-yashil (Brunswick Green, HEX: #174A43);
  • Barcha buyumlarda — «Hamkorbank» logotipining tushirilishi (logotipni tushurish uslubi — tizish usuli, lazerli gravyura usuli, ipakli bosma usuli, UF-bosma usuli — foydalanilgan material turidan kelib chiqib);
  • Brendlash imkoniyati mavjud bo‘lgan, korporativ uslubda ishlangan premium toifadagi sovg’alar qutisi;
  • Mahsulotga kafolat muddati (to‘plam va unga kiruvchi buyumlarga) — 6 oydan kam bo‘lmagan muddatda;
  • Nuqsonli tovarni almashtirish muddati — 10 kalendar kunidan oshmagan muddatda;
  • Testdan o‘tkazish uchun bankka sinov namunasi (yoki namunalarini) taqdim etish (Tanlov yakunlangandan so‘ng sinov namunasi (yoki namunalari) qaytariladi);
  • Tovarlarni yetkazish muddati — shartnoma imzolangandan so‘ng 20 kalendar kunidan oshmagan holda;
  • Tovalarni yetkazish manzili — Andijon shahri.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga ilova 1;
  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1);
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
  3. Tanlov taklifiga ilova 1
  4. Ilova 3 — Texnik topshiriq
  5. Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida «Korporativ sovg‘alar» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 19.11.2025 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Tanlov bo‘yicha savollar: O‘rinboyev Abduvoxid, konkurs@hamkorbank.uz

Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 0494

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026