Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
"Hamkorbank" ATB “AFRL litsenziyasiga ega ePass 2003 elektron raqamli kalitlari” yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB «AFRL litsenziyasiga ega ePass 2003 elektron raqamli kalitlari» yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

01.04.2026
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

  1. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan o‘xshash loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.
  2. Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:
  • Barcha taklif qilinayotgan qurilmalar yangi bo’lishi kerak; ishlatilgan, shikastlangan yoki ta’mirlangan qurilmalarga ruhsat berilmaydi;
  • Taklif etilayotgan qurilma tanlov hujjatlarida ko’rsatilgan talablarga javob berishi kerak;
  • Yetkazib berish shartlari: bank talabiga binoan 1000−2000 ta miqdorida umumiy hajmining partiyalarga bo’lingan holatda shartnoma tasdiqlangan so’ng 10 kalendar kuni ichida;
  • Yetkazib beruvchi AFRL litsenziyasiga ega ePass 2003 elektron raqamli kalitlar yetkazish va xizmat ko’rsatishni qo’llab-quvvatlash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi lozim: 2024−2025 yillar davomida kamida ikki taqqoslanadigan hajmdagi shartnoma bajarilgan bo‘lishi kerak;
  • AFRL litsenziyasiga ega ePass 2003 elektron raqamli kalitlarga qo‘yilgan texnik talablar batafsil 3-ilovada ko‘rsatilgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga ilova 1;
  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1);
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuoqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli;
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli;
  3. Tanlov taklifi shakliga Ilova 1;
  4. Ilova 3 -Texnik topshiriq;
  5. Ilova 4 — Lotlar bo’yicha tajriba ma’lumotnomasining shakli;

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida «Elektron raqamli kalit» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 09.04.2026 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Tanlov bo‘yicha savollar:

Telefon: 0−800−1-200−200, 1256

Axmedov Dilshod, ichki: 0574

O’rinboyev Abduvoxid, ichki: 0494

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026