Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
"Hamkorbank" ATB “Gibrid ish formatlarini tadbiq etish loyihasi uchun litsenziyalar” yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB «Gibrid ish formatlarini tadbiq etish loyihasi uchun litsenziyalar» yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

19.11.2025
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

1. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan o‘xshash loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.

2. Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:

  • Sotib olinadigan litsenziyalar rasmiy sertifikatlangan bo’lishi va vendordan 3 yillik texnik qo’llab-quvvatlash ega bo’lishi kerak;
  • Tanlov doirasida litsenziyalarni Ilova 3 — 5 lotning xar biri uchun Texnik topshiriq talablari asosida yetkazib berish;
  • Yetkazib beruvchi litsenziyalarni ularning amal qilish muddati davomida yetkazib berish va saqlash majburiyatini oladi;
  • Xavfsizlik talablari: G’olib maxfiylik shartnomasining bir qismi sifatida hujjatlarni imzolashi kerak;
  • Texnik qo’llab-quvvatlash talablari: Yetkazib beruvchi litsenziya muddati davomida litsenziyalangan dasturiy ta’monotni qo’llab-quvvatlashi kerak.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga ilova 1;
  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1)
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4)
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuoqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
  3. Ilova 3 — 5 lotning xar biri uchun Texnik topshiriq
  4. Ilova 4 — Lotlar bo’yicha tajriba ma’lumotnomasining shakli
  5. Ilova 5 — xar bir Lotlar bo’yicha SLA bo’yicha kelishuv

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida «Gibrid ish formatlari uchun litsenziyalar» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 04.12.2025 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Tanlov bo‘yicha savollar: Telefon: 0−800−1-200−200, 1256

Ahmedov Dilshod, ichki: 0494

O’rinboyev Abduvoxid, ichki: 0494

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026