Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
"Hamkorbank" ATB “Ma’lumotlar saqlash tizimi va serverlarini” xarid qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB «Ma'lumotlar saqlash tizimi va serverlarini» xarid qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

29.07.2025
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

1. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan o‘xshash loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.

2. Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:

  • Sotib olingan server uskunalari yuqodri unumdorlik va kengayishi mumkin bo’lgan bare-metal server bo’lishi kerak;
  • Ma’lumot saqlash tizimi korporativ darajada bo’lishi va o’rtacha darajadan past bo’lmasligi kerak;
  • Yechim apparat darajasida nosozlikka chidamlilikni ta’minlashi kerak, asosiy komponentlar muxim almashtirishni qo’llab — quvvatlashi kerak;
  • Yechim o’rnatish va ishlatish uchun barcha kerakli komponentlar va aksessuarlarni o’z ichiga olishi kerak;
  • Barcha jihozlar rasmiy sertifikatlangan bo’lishi va sotuvchidan 3 yillik kafolat va texnik yordamga ega bo’lishi kerak;
  • Tanlov Dell, HPE, Lenovo, NetAPP, Hitachi va Pure Storage ishlab chiqaruvchilari uskunalarini qabul qilinadi. Boshqa ishlab chiqaruvchilarning uskunalari ushbu tanlovda hisobga olinmaydi;

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga ilova 1;
  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1);
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuoqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
  3. Tanlov taklifiga ilova 1
  4. Ilova 3 — Texnik topshiriq
  5. Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli
  6. Ilova 5 — SLA

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida «SXD» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 12.08.2025 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Tanlov bo‘yicha savollar: Murodjon Ataboev, m.ataboev@hamkorbank.uz

Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 1221

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026