Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
Printerlar va noutbuklar yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlov

Printerlar va noutbuklar yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlov

26.02.2026
3 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Hamkorbank» ATB «Printerlar (MFU) va noutbuklar (servis xizmat ko’rsatishi bilan)» yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

  1. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan o‘xshash loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.

  2. Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:

  • Tanlovga quyidagi ishlab chiqaruvchilarning uskunalari bo’yicha takliflar qabul qilinadi:
      noutbuklar uchun — HP, Acer, Dell, Asus, Lenovo (Core i5 konfiguratsiyadagi);
      printerlar uchun — Canon (i-SENSYS MF3010 (3 в 1)).
  • Kafolat muddati:
      noutbuklar uchun kamida 2 yil;
      printerlar uchun kamida 1 yil.
  • Yetkazib berish shartlari: shartnoma tasdiqlangan so’ng umumiy hajmining 50% - 10 kalendar kun ichida, qolgan 50% - 30 kalendar kun ichida yetkazilishi shart.
  • Yetkazib beruvchi noutbuklarni yetkazish va servis ko‘rsatish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi lozim: 2023−2025 yillar davomida kamida ikki taqqoslanadigan hajmdagi shartnoma bajarilgan bo‘lishi kerak.
  • Noutbuklar va printerlarga qo‘yilgan texnik talablar batafsil 3-ilovada ko‘rsatilgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga ilova 1;

  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1)

  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4)

  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuoqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli

  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli

  3. Tanlov taklifi shakliga Ilova 1

  4. Ilova 3 -Texnik topshiriq

  5. Ilova 4 — Lotlar bo’yicha tajriba ma’lumotnomasining shakli

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida «Printer va noutbuk» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 06.03.2026 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Tanlov bo‘yicha savollar:

Telefon: 0−800−1-200−200, 1256

Axmedov Dilshod, ichki: 0574

O’rinboyev Abduvoxid, ichki: 0494

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026