«Hamkorbank» ATB «Server uskunalari yetkazib berish berish, joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash bilan» bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi
21.01.2026
3 daqiqa
Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:
- Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan o‘xshash loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.
- Tanlov 1 ta lotdan iborat bo‘lib, — «Server uskunalari yetkazib berish va joriy etish, texnik qo‘llab-quvvatlash bilan».
- Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:
- Serverlar yuqori unumdorlikka ega bare-metal (fizik) serverlar bo‘lishi va hisoblash quvvatlari, xotira hamda disk tizimlarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
- Serverlar XenServer 8.4 yoki undan yuqori versiyadagi gipervizor bilan mos bo‘lishi kerak (rasmiy moslik ro‘yxatiga ko‘ra).
- Yechim apparat darajasida nosozliklarga bardoshli bo‘lishi lozim. Muhim komponentlar (quvvat bloklari, disklar va h.k.) tizimni to‘xtatmasdan «hot-swap» rejimida almashtirilishi kerak.
- Barcha uskunalar ishlab chiqaruvchining rasmiy sertifikatiga ega bo‘lishi va kamida 3 yillik kafolat va texnik qo‘llab-quvvatlash bilan yetkazilishi kerak.
- Tanlovda faqat quyidagi ishlab chiqaruvchilarning uskunalari qabul qilinadi: Dell, HPE, Lenovo, Huawei. Boshqa brendlar bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmaydi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
- Ishtirokchi anketa (ilova 1)
- O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4)
- Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.
Tanlov materiallari:
- Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli
- Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
- Tanlov taklifi shakliga Ilova 1
- Ilova 3 -Texnik topshiriq
- Ilova 4 — Lotlar bo’yicha tajriba ma’lumotnomasining shakli
- Ilova 5 — SLA bo’yicha kelishuv
Takliflarni topshirish shartlari:
- Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
- Pochta mavzusida «Server «deb ko‘rsatish zarur.
- Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
- Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 02.02.2026 yilgacha.
Aloqa ma’lumotlari:
Tanlov bo‘yicha savollar: Telefon: 0−800−1-200−200, 1256
Axmedov Dilshod, ichki: 0574
Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.