«Hamkorbank» ATB VISA Classic plastik kartalarini xarid qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi
Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:
1. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan o‘xshash loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.
2. Tanlov 2 ta lotdan iborat bo‘lib, arizalarni bitta yoki bir nechta lotlar bo‘yicha topshirish mumkin:
- 1-lot — «300 000 dona — VISA Classic plastik kartalarini yetkazib berish»;
- 2-lot — «100 000 dona — VISA Classic plastik kartalarini personalizatsiya qilish»;
3. Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:
1- va 2-lotlar bo‘yicha:
- Bank plastic kartalarini yetkazib beruvchini tanlash narx asosida va ishtirokchi taklifi ushbu Texnik topshiriqning barcha talablariga mos bo’lishi shart bilan amalga oshiriladi;
- Yetkazib beruvchi testdan o’tkazish uchun xarid qilinayotgan bank plastic kartalarining barcha turlari bo’yicha kamida o’nta namuna taqdim etishi shart;
- Belgilangan muddatlarda xariq qilinayotgan hajmni bajarish uchun yetarli ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligini tasdiqlash;
- Integratsiya qilish va muammolarni bartaraf etish uchun masofaviy va texnik qo’llab-quvvatlash taqdim etish;
- Personalizatsiya qilish imkoniyati.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
- Ishtirokchi anketa (ilova 1);
- O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
- Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.
Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.
Tanlov materiallari:
- Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli
- Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
- Tanlov taklifiga ilova 2.1
- Ilova 3 — Texnik topshiriq
- Texnik qopshiriqqa ilova 3.1 Plastik karta dizayni
- Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli
Takliflarni topshirish shartlari:
- Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
- Pochta mavzusida «Visa Classic» deb ko‘rsatish zarur.
- Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari, Yevro.
- Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 16.01.2026 yilgacha.
Aloqa ma’lumotlari:
Tanlov bo‘yicha savollar: Ahmedov Dilshod, konkurs@hamkorbank.uz
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 0574
Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.