mc.yandex.ruyandex

Oxirgi yangilanish sanasi: 28.03.2022

Kreditni maqsadli ishlatish yo'nalishlari

  • Chorvachilikning barcha yo'nalishlar, shu jumladan: qoramolchilik, qo'ychilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik hamda quyonchilikni rivojlantirish;
  • Dehqonchilik va bog'dorchilikni barcha yo'nalishlar, shu jumladan: sabzavotchilik, polizchilik, uzumchilik, sholichilik, ko'chatchilik va urug'chilik, gulchilik mahsulotlarini yetishtirish va rivojlantirish;
  • Ipakchilikni rivojlantirish;
  • Issiqxonalar tashkil etish hamda kerakli urug'lar va ko'chatlar, mineral o'g'itlar, yoqilg'i moylash materiallari, elektr, gaz, suv xarajatlari, o'simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini sotib olish va ularni xizmati uchun;
  • Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda zarur bo'lgan asbob-uskunalar sotib olish va ularning joriy ta'mirlash;
  • Qishloq xo'jaligi ob'yektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish;
  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida ta'qiqlanmagan qishloq xo'jaligi faoliyat turlarini rivojlantirish;

Kreditlash shartlari

  • Kredit valyuta turi Milliy valyuta so'm va AQSh dollari
  • Kredit miqdori Bank kapitalining 25% gacha
  • Kredit muddati Aylanma mablag'larni to'ldirish uchun 3 oydan 24 oygacha

    Boshqa maqsadlar uchun 3 oydan 60 oygacha
  • Kredit foiz stavkasi Shartnoma asosida
  • Kredit ajratish shakli Pul o'tkazish yo'li bilan
  • Imtiyozli davr 6 oygacha
  • Kreditni so'ndirish tartibi Oddiy, annuitet va loyihadan kelib chiqqan holda boshqa shakllarda
  • Mijozning loyihadagi ulushi Kamida 25%. Qarzdor o'z ulushi sifatida o'z aylanma mablag'lari, bino-inshootlari, mashina va uskunalari bilan ishtirok etishi mumkin
  • 125% dan kam bo'lmasligi kerak
  • Garov ta'minoti turlari: kuchmas mulk, transport vositasi va uskunalar, depozit mablag'i, uchinchi shaxs kafilligi

Yakka tartibdagi tadbirkorlar kredit olish uchun taqdim etiladigan ariza (kredit buyurtmanoma) ga qo'shimcha quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:


  • Guvohnoma nusxasi;
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat - pasport nusxasi;
  • Kredit miqdori, maqsadi, muddati hamda pul oqimi prognozi kursatilgan biznes reja;
  • Garov ta'minoti hujjatlari;
  • Kredit mablag'i o'tkazilishi kutilayotgan tovar (xizmat) va mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma;
  • Bank talabi bo'yicha boshqa hujjatlar talab etilishi mumkin.



Yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan kichik biznes sub'yektlari kredit olish uchun taqdim etiladigan ariza (kredit buyurtmanoma) ga qo'shimcha quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:


  • Korxona nizomi va ta'sis hujjatlari nusxasi;
  • Yuridik shaxs sifatida davlat ro'yxatidan o'tganligi uchun guvohnoma nusxasi;
  • Litsenziya talab qiladigan faoliyat turi bo'lsa litsenziya nusxasi;
  • Oxirgi moliya yili uchun moliyaviy hisobot (balans, moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot, debitor-kreditor qarzdorliklari to'g'risidagi ma'lumotnoma) nusxasi;
  • Kredit miqdori, maqsadi, muddati hamda pul oqimi prognozi ko'rsatilgan biznes reja;
  • Garov ta'minoti hujjatlari;
  • Kredit mablag'i o'tkazilishi kutilayotgan tovar (xizmat) va mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma;
  • Bank talabi bo'yicha boshqa hujjatlar talab etilishi mumkin.



Qarz oluvchilar va ularga qo'yilgan talab

O'zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan:


  • Korxona va firmalar, fermer xo'jaliklari, oilaviy korxona va qo'shma korxonalar;
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan dehqon xo'jaliklari.

Ushbu yuqoridagi sub'yektlar bevosita qishloq xo'jaligini ishlab chiqarish, qayta ishlash va xizmat ko'rsatish sohalarida kamida 6 oy ish faoliyatiga ega bo'lishi shart. 

Muhim! Xorijiy valyuta kursining o'zgarishi kreditni so’ndirish bo'yicha to'lov miqdoriga ta'sir qilishi mumkin.

Kreditni rasmiylashtirish

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murajaat qiling.
Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:

0-800-1-200-200 O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlar bepul



O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play