mc.yandex.ruyandex
Biznes uchun
/
Internet-ekvayring HamkorPay

Internet-ekvayring HamkorPay

Hamkorbank elektron kommersiya uchun «HamkorPay” to‘lov servisini eng maqbul foiz stavkalarda va sizning talablaringizga moslashgan holda taqdim etadi. Onlayn sotuvlarni qulay shaklda biz bilan boshlang.

«HamkorPay» internet-ekvayring xizmatini qanday ulash mumkin

HamkorPay — bu O‘zbekistonning barcha bank kartalari bilan onlayn to‘lovlarni qabul qilish uchun ishonchli va moslashuvchan yechimdir. U har qanday biznes uchun ideal, xoh u internet-do‘kon, yetkazib berish xizmati yoki xizmat ko‘rsatish platformasi bo‘lsin. HamkorPay sizga tranzaksiyalar ustidan to‘liq nazorat, qulay interfeys va yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlab, sizning va mijozlaringizning ma’lumotlarini himoya qiladi.

«HamkorPay» xizmatining imkoniyatlari

  • HUMO va UZCARD barcha bank kartalaridan mablag‘larni yechish;
  • To‘lovlarni qaytarish va bekor qilish (qisman va to‘liq qaytarish);
  • Xoldda saqlash (Xoldirovaniye);
  • Kuniga 3 marta kliring (mijozning asosiy hisobiga mablag‘larni o‘tkazish);
  • Qulay shaxsiy kabinet;
  • Hisobotlar va tahlillar;
  • Tez va xavfsiz integratsiya;
  • Telefon raqamini kiritish orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati;
  • Fiskal chekni shakllantirish (fiskalizatsiya).

Internet-ekvayring haqida batafsil ma’lumot

Komissiya
0,8% dan 1,5% gacha

mijoz bilan kelishilgan holda

To‘lov usullari
Karta raqamini kiritish orqali
Telefon raqami orqali
PCI DSS talablariga muvofiqlik
Muvofiq
Oxirgi yangilanish sanasi: 06.09.2024
Hamkor for Business
Ilovaning QR-kodini skanerlang. Agar ilova o‘rnatilgan bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovaga, aks holda qurilma do‘koniga yo‘naltirilasiz.
Hamkor for Business