«Hamkorbank» ATB «A4 formatda ofis qog’ozlari» yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi
Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:
- Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan o‘xshash loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.
- Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:
- Tanlov quyidagi ishlab chiqaruvchilardan A4 formatdagi ofis qog’ozini yetkazib berish bo’yicha takliflar qabul qilinadi: SvetoCopy, Снегурочка, Double A, shuningdek, texnik talabga mos sifatidagi boshqa shunga o’xshash qog’oz ishlab chiqaruvchilari.
- Yetkazib berish shartlari: mijozning so’roviga binoan yillik umumiy hajmi 50 000 pachkadan oyiga 4000−5000 ta pachkadan iborat partiyalarda yetkazib berish 5 bank ish kun ichida yetkazilishi shart.
- Yetkazib beruvchi A4 ofis qog’ozini yetkazib berish tajribasiga ega bo’lishi lozim: 2024−2025 yillar davomida kamida ikkita bajarilgan hajmdagi shartnoma bajarilgan bo‘lishi kerak.
- A4 formatda ofis qog’ozlariga qo‘yilgan texnik talablar batafsil 3-ilovada ko‘rsatilgan.
- Mijoz turli ishtirokchilarning turli ishlab chiqaruvchilaridan va turli hajmlarda ofis qog’ozlarni sotib olish uchun yetkazib beruvchilar guruhini tanlash huquqiga ega.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
- Ishtirokchi anketa (ilova 1)
- O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4)
- Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.
Yuoqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.
Tanlov materiallari:
- Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli
- Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
- Tanlov taklifi shakliga Ilova 1
- Ilova 3 -Texnik topshiriq
- Ilova 4 — Lotlar bo’yicha tajriba ma’lumotnomasining shakli
Takliflarni topshirish shartlari:
- Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
- Pochta mavzusida «Ofis qog’oz» deb ko‘rsatish zarur.
- Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
- Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 15.04.2026 yilgacha.
Aloqa ma’lumotlari:
Tanlov bo‘yicha savollar:
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256
Axmedov Dilshod, ichki: 0574
Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.