Akkumulyatorlar komplekti bilan inventorlar yetkazib berish bo‘yicha tanlov | Tender va tanlovlar | Hamkorbank

ATB «Hamkorbank» «Akkumulyatorlar komplekti bilan inventorlar» yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

11 / 12 / 2025

Tanlovda ishtirok etish talablari:

  1. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq faoliyat yurituvchi mahalliy va xorijiy kompaniyalar ishtirok etishi mumkin. Ularning faoliyati qonun bilan taqiqlanmagan bo’lishi kerak.
  2. Ishtirokchilar tanlov to’g’risidagi e’lon joylashtirilgan sana vaqt bilan belgilangan ariza topshirish muddati tugashidan kechiktirmay istalgan vaqtda tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirishi mumkin.

Tanlov predmeti:

  • Uskuna turi – Akkumulyatorlar komplekti bilan inventorlar, stabilizatorlar, va rele himoyasi bilan;
  • Akkumulyatorlar bilan inventorlar komplekti – 30 ta inventor komplekti;
  • Yetkazib beruvchi obyektda invertor uskunalarining montaji va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarishi shart;
  • Uskunalarda akkumulyatorlar qoldiq holatini, voltaj, tok va boshqa asosiy ko’rsatkichlarni display orqali kuzatish imkoniyati bo’lishi, shuningdek, onlayn monitoring funksiyasi mavjud bo’lishi kerak;
  • Umumiy yetkazib berish va montaj muddati – 10 kalendar kuni, muddat hisoblanishi buyurtmachi tomonidan tanlov natijalari bo’yicha g’olib aniqlangandan va shartnoma imzolangandan keying boshlanadi;
  • Yetkazib berish manzili – O’zbekiston Respublikasi bo’ylab “Hamkorbank” ATBning bank xizmatlari ofislari (Ro’yxat 3.1-ilovada keltirilgan.);
  • Uskunalar yangi bo’lishi, 2024 – 2025 yillarda ishlab chiqarilgan bo’lishi, ekologik xavfsizlik bo’yicha umumiy standartlarga mos bo’lishi, ishlatilmagan va ishlab chiqarish nuqsonlari mavjud bo’lmasligi shart;
  • Komplektga quyidagilar kiradi: invertorlar, stabilizatorlar, rele himoyasi, akkumulyator batareyalari, 20 kVa kuchlanish stabilizatori, avtomatik voltaj uzgich.

Ishtirokchilarga qo’yilgan to’liq talablar tanlov materiallarida bayon etilgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:

  1. Tanlov taklifi (Ilova №2) va Ilova №1 tanlov taklifiga;
  2. Ishtirokchi anketasi (Ilova №1);
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (Ilova №4);
  4. Ishtirokchi xohishiga ko‘ra qo‘shimcha materiallar.

Yuqoridagi hujjatlar shablonlari tanlov materiallarida berilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Tanlov xujjatlari
  2. Ilova 1 – Ishtirokchi anketasi shakli
  3. Ilova 2 – Tanlov taklifi shakli
  4. Tanlov taklifiga Ilova 1
  5. Ilova 3 – Texnik topshiriq
  6. Yetkazib berish va montaj ishlari uchun BXOlar ro’yxati – Ilova 3.1
  7. Ilova 4 – Tajriba ma’lumotnomasining shakli

 

Takliflarni taqdim etish shartlari:

  • Tanlov takliflari elektron pochta orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Xat mavzusida: «Invertorlar» deb ko‘rsatilishi lozim;
  • Taklif valyutasi: O‘zbek so‘mi yoki AQSh dollari;
  • Takliflarni qabul qilishning so‘nggi sanasi: 19.12.2025 yilgacha.

 

Kontakt ma’lumotlari:

  • Ahmedov Dilshod,
    0-800-1-200-200 (ichki 0574)

 

Tanlovga ilova qilingan hujjatlarda ko‘rsatilgan barcha qo‘shimcha talablarga amal qilinishi shart. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallar maxfiyligini ta’minlash va tanlov reglamentiga rioya etishlari lozim.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play