Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
"Hamkorbank" ATB bank xodimlari uchun Uniforma xarid qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB bank xodimlari uchun Uniforma xarid qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

23.12.2025
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

  1. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan o‘xshash loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.
  2. Tanlov 1 ta lotdan iborat.
  3. Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:
  • Bank xodimlari uchun Uniforma yetkazib beruvchini tanlash narx asosida va ishtirokchi taklifi ushbu Texnik topshiriqning barcha talablariga mos bo’lishi shart bilan amalga oshiriladi;
  • Yetkazib beruvchi testdan o’tkazish uchun xarid qilinayotgan uniforma va matolardan namuna taqdim etishi shart;
  • Belgilangan muddatlarda xariq qilinayotgan hajmni bajarish uchun yetarli ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligini tasdiqlash.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga ilova 1;
  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1);
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
  3. Tanlov taklifiga ilova 1
  4. Ilova 3 — Texnik topshiriq
  5. Texnik qopshiriqqa ilova 3.1 Razmer va komplekt
  6. Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida «Uniforma» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 05.01.2026 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Tanlov bo‘yicha savollar: Ahmedov Dilshod, konkurs@hamkorbank.uz

Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 0574

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026