Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
“Yuridik va jismoniy shaxslarning mijozlari uchun elektron ma’lumotlar tizimini joriy etish va yuritish” kompaniyasini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov

«Yuridik va jismoniy shaxslarning mijozlari uchun elektron ma’lumotlar tizimini joriy etish va yuritish» kompaniyasini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov

29.05.2025
3 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

ATB «Hamkorbank» «Yuridik va jismoniy shaxslarning mijozlari uchun elektron ma’lumotlar tizimini joriy etish va yuritish (dasturiy ta’minotni joriy etish, texnik qo‘llab-quvvatlash)» kompaniyasini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:

Tanlovda mahalliy yetkazib beruvchilar/pudratchilar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida shu kabi mahsulotlarni amalga oshirishda ishtirok etishlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan xorijiy yetkazib beruvchilar/pudratchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkun, shu jumladan:

  • tanlov predmetini bajarish uchun zarur bo‘lgan kasbiy malakaga, moliyaviy va mehnat (kadrlar) resurslari, jihozlar va boshqa moddiy imkoniyatlarga, ishonchlilikka, tajribaga va obro‘ga ega bo’lishi;
  • dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xodimlar, shu jumladan mehnat shartnomasi va fuqarolik-huquqiy shartnoma bo’yicha ishlaydigan xodimlarda kamida 30 ta ixtisoslashgan xodimlarning mavjudligi;
  • tashkilotning tanlov mavzusi bo‘yicha faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan litzenziyalar va sertifikatlarga ega bo’lishi;
  • «Hamkorbank» ATB bilan ishlashda salbiy tajribaning yo‘qligi;
  • MDH da qiyoslanadigan yoki undan yuqori darajadagi banklarda mijozlarning elektron ma’lumotlar tizimini joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatish (2023−2025 yillarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompaniyaning o‘zi, bosh tashkilot yoki xolding doirasida kamida ikki marta sanoat ekspluatatsiyasi) bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi;
  • loyihani to‘liq amalga oshirish va dalolatnoma imzolangan kundan boshlab kamida 5 yil davomida kafolatlangan EOL va EOS (End of Life и End of Support).

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga ilova 1;
  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1)
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4)
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.
Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
  3. Ilova 1 — Tanlov taklifi shakliga
  4. Ilova 3 — Texnik topshiriq
  5. Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli
  6. Ilova 5 — SLA bo’yicha kelishuv

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida: «Yuridik va jismoniy shaxslarning mijozlarining elektron ma’lumotlari» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 24.06.2025 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Texnik savollar bo‘yicha: Penkova Lyudmila Lpenkova@hamkorbank.uz, Yu Larisa: larisayu@hamkorbank.uz

Tanlov bo‘yicha savollar: Murodjon Ataboev, m.ataboev@hamkorbank.uz

Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 1221

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlash va tanlov qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladilar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026