“Hamkorbank” ATB uchun “Kaspersky Total Security for Business. 5000+ Node 1 year Renewal License litsenziyalarni yetkazib berish” bo’yicha shartnoma tuzish huquqi uchun ochiq tanlov e’lon qiladi
27 / 03 / 2026Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda, tanlov predmeti bo’lgan uskunalarni yetkazib berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish xuquqiga ega bo’lishi lozim. Shu jumladan, ishtirokchilarga quyidagi talablar qo’yiladi:
- Ishtirokchilarga qo’yiladigan talablar hamda Bankning tizimlari va komponentlari bilan integratsiya qilish masalalari Ilova 3 – Texnik topshiriqda bayon etilgan.
Tanlovda ishtirok etishi uchun jamoaviy arizalar ko’rib chiqilmaydi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
- Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga ilova 1;
- Ishtirokchi anketa (ilova 1)
- O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4)
- Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.
Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.
Tanlov materiallari:
- Tanlov hujjatlari
- Ilova 1 - Ishtirokchi anketa shakli
- Ilova 2 - Tanlov taklifi shakli
- Tanlov taklifi shakliga Ilova 1
- Ilova 3 –Texnik topshiriq
- Ilova 4 – Tajriba ma’lumotnomasining shakli
Takliflarni topshirish shartlari:
- Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
- Pochta mavzusida: «Kaspersky» deb ko‘rsatish zarur.
- Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
- Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 07.04.2026 yilgacha.
Aloqa ma’lumotlari:
Tanlov bo‘yicha savollar: Ahmedov Dilshod,
Telefon: 0-800-1-200-200, 1256 ichki: 0574
Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlash va tanlov qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladilar.





