«Hamkorbank» ATB konditsionerni xarid qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi
Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:
- Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan o‘xshash loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.
- Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:
- Gree, Midea, Samsung, LG, Hofmann, Artel, Shivaki, Avalon, AUX ishlab chiqaruvchilarining uskunalari ko’rib chiqiladi;
- Konditsionerlar yangi bo’lishi kerak. Ekspluatatsiyada bo’lgan yoki ta’mirlangan uskunalarni yetkazib berishi munkin emas;
- Yetkazib beriladigan uskunalar ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida validatsiyadan o’tgan bo’lishi shart;
- Yetkazib berish tarkibiga montaj, ishga tushirish va keyingi texnik xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan barcha butlovchi qismlar va aksessuarlar kiritilishi lozim;
- Xarid qilinayotgan konditsionerlar keying texnik xizmat ko’rsatish talablari mos kelishi yoki ulardan yuqori bo’lishi kerak;
- Buyurtmachi turli yetkazib beruvchilardan turli xildagi konditsionerlarni xarid qilish huquqiga ega.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
- Ishtirokchi anketa (ilova 1);
- O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
- Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.
Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.
Tanlov materiallari:
- Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli
- Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
- Tanlov taklifiga ilova 1
- Ilova 3 — Texnik topshiriq
- Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli
Takliflarni topshirish shartlari:
- Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
- Pochta mavzusida «Konditsioner» deb ko‘rsatish zarur.
- Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
- Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 29.12.2025 yilgacha.
Aloqa ma’lumotlari:
Tanlov bo‘yicha savollar: Ahmedov Dilshod, konkurs@hamkorbank.uz
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 0574
Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.