Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
«Hamkorbank» ATB «Naqd pulni boshqarish dasturiy ta'minotini joriy etish va xizmat ko'rsatish» tanlovini e'lon qiladi

«Hamkorbank» ATB «Naqd pulni boshqarish dasturiy ta’minotini joriy etish va xizmat ko’rsatish» tanlovini e’lon qiladi

09.04.2025
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Ishtirokchilarga qo’yilgan talablar:

1. Tanlovda ishtirok etish uchun O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan bunday loyihalarni amalga oshirishga ruxsat etilgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar ishtirok eta olishadi.

2. Ishtirokchilarga qo’yilgan asosiy talablar:

  • Banklarda Naqd pulni boshqarish dasturiy ta’minotini joriy etish va texnik qo’llab-quvvatlash xizmatlarini ko’rsatish tajribasiga ega bo’lish (2020−2025 yillarda kamida ikki bor to’liq joriy etilgan loyiha tajribasi, kompaniyaning o’zi, bosh tashkilot yoki holding tarkibida).
  • SLA (Ilova № 5) bo’yicha bajarilishini ta’minlashga tayyorlik.
  • Ishtirokchi 30.11.2025 yilga qadar Texnik topshiriqqa muvofiq barcha ishlarni to’liq bajarishni kafolatlaydi.
  • Dasturiy ta’minot AKB «Hamkorbank» uchun Naqd pulni boshqarish dasturiy ta’minotini joriy etish va xizmat ko’rsatish bo’yicha Ilova № 3 dagi majburiy talablarga javob berishi kerak.
  • Ishtirokchilarga qo’yilgan to’liq talablar tanlov materiallarida keltirilgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:

  • Tanlov taklifi (Ilova № 2) va Tanlov taklifiga qo’shimcha 1-ilova;
  • Ishtirokchi anketasi (Ilova № 1);
  • O’xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi to’g’risida ma’lumotnoma (Ilova № 4);
  • Ishtirokchining ixtiyoriga ko’ra qo’shimcha materiallar.
  • Ushbu hujjatlarning namunaviy shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
  3. Ilova 1 — Tanlov taklifiga qo’shimcha
  4. Ilova 3 — Naqd pulni boshqarish dasturiy ta’minotini joriy etish va xizmat ko’rsatish bo’yicha Texnik topshiriq
  5. Ilova 4 — Tajriba to’g’risidagi ma’lumotnoma shakli
  6. Ilova 5 — Naqd pulni boshqarish bo’yicha SLA

Takliflar topshirish shartlari:

  • Tanlov takliflari quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi kerak: konkurs@hamkorbank.uz.
  • Pochta mavzusida «Naqd pulni boshqarish» deb ko’rsatish lozim;
  • Takliflar valyutasi: O’zbekiston so’mi, AQSh dollari;
  • Takliflarni yuborishning oxirgi muddati: 29.04.2025 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Barcha qo’shimcha talablar tanlov hujjatlarida keltirilgan. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlovning tartib-qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026