«Hamkorbank» ATB VISA Rewards plastik kartalarini xarid qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi
Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:
- Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan o‘xshash loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.
- Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:
- Bank plastik kartalarini yetkazib beruvchini tanlash narx asosida va ishtirokchi taklifi ushbu Texnik topshiriqning barcha talablariga mos bo’lishi shart bilan amalga oshiriladi;
- Yetkazib beruvchi testdan o’tkazish uchun xarid qilinayotgan bank plastik kartalarining barcha turlari bo’yicha kamida bir dona namuna taqdim etishi shart;
- Belgilangan muddatlarda xariq qilinayotgan hajmni bajarish uchun yetarli ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligini tasdiqlash;
- Integratsiya qilish va muammolarni bartaraf etish uchun masofaviy va texnik qo’llab-quvvatlash taqdim etish;
- Personalizatsiya qilish imkoniyati.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
- Ishtirokchi anketa (ilova 1);
- O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
- Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.
Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.
Tanlov materiallari:
- Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli
- Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
- Tanlov taklifiga ilova 2.1
- Ilova 3 — Texnik topshiriq
- Texnik qopshiriqqa ilova 3.1 — Plastik karta dizayni.pdf
- Texnik qopshiriqqa ilova 3.1 — Plastik karta dizayni.ai
- Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli
Takliflarni topshirish shartlari:
- Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
- Pochta mavzusida «Visa Rewards» deb ko‘rsatish zarur.
- Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari, Yevro.
- Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 06.02.2026 yilgacha.
Aloqa ma’lumotlari:
Tanlov bo‘yicha savollar: Ahmedov Dilshod, konkurs@hamkorbank.uz
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 0574
Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.