Bank sektorini transformatsiyasi

09 / 07 / 2020

Joriy yilning 8 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi  tomonidan tashkil etilgan "Bank sektorini transformatsiyasi" mavzusidagi konferensiyasida Hamkorbank vakillari ishtirok etdilar.

Anjuman davomida bank qonunchiligidagi yangiliklar, hukumatning bank tizimini modernizatsiya qilishga yo'naltirilgan echimlari va banklarni raqamli transformatsiyasi muhokama qilindi.

O'z navbatida Hamkorbank Boshqaruvi Raisining o'rinbosari Alisher Ergashev Hamkorbank masofadan turib xizmat ko'rsatishga alohida e'tibor berilishini va yaqin orada jismoniy shaxslar mobil ilovasini va yuridik shaxslar uchun Internet-banking tizimini to'liq yangilashni rejalashtirganligini ta'kidladi.

Transformatsiya odatda, xizmatlarning to'liq turini taqdim etmaydigan minibanklarni ham o’z ichiga oladi. 2020 yil davomida Hamkorbank minibanklarga aholiga e’tibor qaratib, ham tadbirkorlik subyektlariga ham aholiga bank xizmat ko'rsatish markazlariga aylantirishni rejalashtirmoqda.

Umuman olganda, "Bank sektorini transformatsiyasi " mavzusidagi tadbir va hamkasblar bilan tajriba almashish, yangi xizmat turlarini ko'paytirish va O'zbekiston bank sektorini tez sur'atlar bilan o'zgartirishga yangi turtki bo'lishi kerak.

Tadbirga OAV vakillari va bloggerlar ham taklif qilindi, ular o'z navbatida bank vakillariga to'g'ridan-to'g'ri savollar berish imkoniyatiga ega bo'ldilar va batafsil javoblar oldilar.

HAMKOR MOBILEУдобный контроль
за своими средствами

HAMKOR MOBILEУправляйте несколькими картами
одновременно

HAMKOR MOBILEОформляйте и управляйте
вкладами в режиме онлайн

HAMKOR MOBILEОплачивайте услуги
не выходя из дома или офиса