mc.yandex.ruyandex

OSIYO TARAQQIYOT BANKI HAMDA «HAMKORBANK» ATB O‘ZBEKISTONDA KICHIK VA O‘RTA BIZNES HAMDA QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN 20 MILLION AQSH DOLLARI MIQDORIDAGI KREDIT LINIYANI AJRATISH BO‘YICHA KELISHUV IMZOLADI

04 / 06 / 2021Toshkent shahri (2021 yil, 4 iyun) - Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) hamda chet-el kapitali ishtirokidagi  “Hamkorbank” ATB (Hamkorbank) O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes, shuningdek, qishloq xo‘jaligini  rivojlantirishga qaratilgan umumiy miqdori 20 million AQSh dollari bo‘lgan kredit liniyani ajratish yuzasidan kelishuvni imzoladi. 

“O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik korxonalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi biznes sub'yektlari muhim o‘rin tutadi. Lekin ular chekka xududlarda zarur moliyaviy mablag‘larni olishda muammolarga duch kelmoqda. Ushbu kredit liniyasi kichik biznes vakillarini o‘z faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishda milliy valyutadagi mablag‘larga bo‘lgan extiyojini qondiradi va umuman olganda mamlakatda COVID-19 pandemiyasi asoratlarini bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi” - deb ta’kidladi OTBning xususiy sektor moliya institutlari bo‘linmasi direktori Kristin Engstrom.

Mamlakatda ish beruvchilarning 74% qismi kichik biznes sohasida faoliyat ko‘rsatadi, ish o‘rinlarining 69% i esa qishloq xududlariga to‘g‘ri keladi.  COVID-19 pandemiyasi sababli milliy valyutadagi pul mablag‘lariga bo‘lgan extiyoj yanada oshdi. Ushbu talabni qondirish maqsadida kredit liniyasining 80 %i aynan chekka hududlardagi biznes vakillariga yo‘naltiriladi. 

“Hamkorbank va OTB uzoq yillardan beri samarali hamkorlik qilib keladi. Birgalikda amalga oshirilgan loyihalarning soni esa 10 dan ortiq. Bugungi kelishuv asosida olinadigan kredit mablag‘lari COVID-19 pandemiyasining salbiy asoratlari   natijasida o‘z biznesini ma’lum darajada yuqotgan kichik biznes sub'yektlarini qayta tiklanishiga hamda chekka xududlarda agrobiznesni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Ushbu kelishuvning o‘ziga xosligi shundaki, dunyoning yirik moliya institutlaridan biri hisoblangan  OTB tomonidan 20 million AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasi Hamkorbankga davlat kafolatisiz taqdim etilmoqda. Bu esa Hamkorbank  va OTBning uzoq yillarga mo‘ljallangan, har ikki tomon uchun manfaatli va o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlik asosida ish yuritayotganligini ko‘rsatadi” - deb ta’kidladi “Hamkorbank”  ATB Boshqaruv Raisi Baxtiyorjon Jo‘rayev.   

Kichik biznesda gender tengligini ta’minlash maqsadida ayollar tomonidan boshqarilayotgan biznes sub'yektlarini moliyalashtirishda ushbu kredit liniya o‘z xissasini qo‘shadi. 2019 yilda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan biznes sub'yektlarining 11,9 %ida ustav fondi ayollarga tegishli bo‘lgan, shuningdek, faqat 14 % qismida ustav fondining minoritar ulushi ayollarga tegishli bo‘lgan. 2017 yilda mamlakatda jami ajratilgan bank kreditlarining 2,5 %i ayol tadbirkorlarga to‘g‘ri keladi.  

Ushbu kredit liniyasi Hamkorbank’ga mamlakat moliya bozorini rivojlantirishga ko‘mak beradi. Milliy valyutada obligatsiyalar muomilaga chiqariladi. O‘zbekiston hukumati 2017 yildan boshlab bank sektorida jiddiy isloxotlarni amalga oshira boshladi. Uning negizida xususiy sektorning faol ishtirokini ta’minlash hamda ayrim davlat banklarini xususiylashtish kabi vazifalar belgilangan va bu bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan edi. Rivojlangan halqaro kapital bozoriga kirishda imkoniyatlarning chegaralanganligi hamda depozit mablag‘larining kamligi sharoitida, OTB tomonidan uzoq muddatli moliyalashtirish jarayonining amalga oshirilishi Hamkorbank’ning kredit saloxiyatini yanada mustahkamlaydi. Bu esa o‘z navbatida yuqorida ta’kidlangan islohotlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

1991 yilda tashkil etilgan chet - el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aktsiyadorlik tijorat banki kichik va o‘rta biznes hamda jismoniy shaxslarni moliyalashtirish va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan xususiy sektordagi yirik bank hisoblanadi. 

Qo‘shimcha ma’lumotlar: www.hamkorbank.uz 

Osiyo Taraqqiyot Banki - Osiyo va Tinch okeani hududida barqarorlikni va rivojlanishni ta’minlash, ayniqsa xududda qambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha keng ko‘lamli  ishlar samaradorligini oshirish borasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan nufuzli tashkilot hisoblanadi. OTB 1966 yilda tashkil etilgan, unga 68 ta davlat a’zo bo‘lib, shulardan 49 tasi  Osiyo va Tinch okeani hududida joylashgan. 

Qo‘shimcha ma’lumotlar: www.adb.org 

Удобный контроль за своими средствами

Бесплатные переводы
до 5 000 000 сум
в приложении HAMKOR

app-store google-play
 Управляйте несколькими картами одновременно

Оформите бесплатную
доставку карты HUMO

app-store google-play
Оформляйте и управляйте вкладами в режиме онлайн

Получите фискальный чек
на каждый платеж или перевод

app-store google-play
Оплачивайте услуги не выходя из дома или офиса

Оформите бесплатно карту
VISA Classic в приложении

app-store google-play