UZCARD bilan yanada unumli sayohat qiling!
04 / 10 / 2023Azizlar, Sizga yangi "Manzillar yaqinroq" aksiyasi haqida xabar berishdan mamnunmiz!Endilikda Samarqand, Andijon, Qarshi, Urganch va Xiva shaharlarida sayohat qilish yanada qulay va hamyonbop bo‘ldi.
Jamoat transportlarida 5614***, 6262***, 5440*** indekslariga ega UZCARD kartangiz orqali "ATTO" to‘lov terminallarida yo‘l haqini to‘lang va har bir sayohatingiz uchun 500 so‘m miqdorida chegirma oling. Yo‘l haqi to‘lovi avtomatik ravishda chegirmani hisobga olgan holda amalga oshiriladi va siz bir necha soniyalar ichida to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. Qulay, shundaymasmi?
NFC funksiyasiga ega UZCARD kartangiz bo‘lmasa, tashvish tortmang! Siz shunday UZCARD kartasini o‘zingizga yaqin Hamkorbankning bank xizmatlari ofislarida olishingiz mumkin!
Aksiya 2023-yil 1-oktabrdan 31-dekabrgacha amal qiladi. UZCARD bilan har bir safaringizda pul tejash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Batafsil: 1256





