Kartani rasmiylashtirish va xizmat ko‘rsatish
Istalgan operatsiyalar uchun foizsiz qayta tiklanadigan davr
Qayta tiklanadigan kredit limiti
Ilovaga kiring va arizani to‘ldiring
Ariza bo‘yicha yechim 1 daqiqa ichida
Kartaga pul tushishini kutish shart emas — pullar karta hisobida
Karta orqali to‘lang yoki naqd pul yechib oling
Visa so‘mda, O‘zbekiston tashqarisida to‘lov qilish, bankomatlardan naqd pul yechib olish, chet el saytlarida xaridlar uchun to‘lov qilish mumkin
1 mln so‘mdan 50 mln so‘mgacha
Yillik 40%
Foizlar quyidagi holatlarda qo’shiladi:
4 yil (48 oy), ulardan oxirgi 12 oyida kredit limiti summasi oyma-oy 1/12 qismga kamayib boradi
Kredit kartasidan kartaning amal qilish muddati tugagunga qadar istalgan vaqtda foydalanish mumkin
Pasport, ID karta
Talab etilmaydi
Qayta tiklanuvchi kredit limiti — bu kreditdan ko‘p marotaba foyddalanishdir. Siz har safar kredit olish uchun ariza topshirmaysiz. Kredit limiti so‘ndirilgan/to‘ldirilgan summasidan yana qayta foydalanish mumkin bo‘ladi.
Onlayn, bankning mobil ilovasi orqali
UZCARD, HUMO kartalaridan Hamkorbankning mobil ilovasida kartaga o‘tkazma yo‘li bilan. Pulni karta rekvizitlariga o‘tkazish, shuningdek bank ofislaridagi kassalar orqali
Summa sarflangan paytdan boshlab, kelasi oyning 1-sanasidan 20-sanasigacha
O‘tgan oyda sarflangan summaning 10 foizi va bankning haqiqiy muddat uchun hisoblangan foizlari. Minimal to‘lov — bu qo‘shimcha to‘lov emas, balki qarzning bir qismini qaytarishdir. Muddat o‘tishini oldini olish va foizsiz davrni saqlab qolish uchun uni o‘z vaqtida to‘lang.
Joriy oyda amalga oshirilgan va xarajat qilingan oydan keyingi oyning 20-sanasigacha to‘liq to’langan tranzaksiyalar summasi
Joriy hisob-kitob davri mobaynida amalga oshirilgan va to‘lov muddati kelguniga qadar to‘langan operatsiya qarzdan foydalanganlik uchun to‘lov hisoblashdan ozod etiladi.
50 kungacha, karta bo‘yicha barcha operatsiyalarga amal qiladi
Bepul
Bepul
Hamkorbank bankomatlari: UZCARD-1%, HUMO-2%
Boshqa banklarning bankomatlari: 2% + boshqa bank bankomatlari komissiyasi
0% - HUMO, UZCARD kartalaridan o‘tkazma amalga oshirilganda, kelib tushgan summadan
biroq jo‘natuvchi kartasidan komissiya olinishi mumkin
UZCARD, HUMO kartalariga o‘tkazmalar — 1%, o‘tkazma summasidan
VISA kartasiga o‘tkazmalar — 2%, o‘tkazma summasidan
Bepul
Bepul
Bepul
Bepul
Bepul
5000 so‘m
Kredit kartasi — bu bankdan qayta tiklanadigan kredit olish imkonini beruvchi kartadir. Kartani bir marta rasmiylashtirganingizdan so‘ng, siz kreditdan ko’p marta foydalanishingiz mumkin. Shu sababli kartada kredit limiti o‘rnatiladi (mavjud kreditning maksimal miqdori).
Kredit kartasi sizga pulni tejab yig’ishga hojat qoldirmasdan, istalgan vaqtda xaridlarni amalga oshirish yoki turli xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.
Hamkorbank kredit kartasi an’anaviy kreditga nisbatan juda ko‘p afzalliklarga ega:
— Hujjatsiz va ta’minotsiz onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati;
— 50 kungacha bo‘lgan imtiyozli davr, bu davrda foizlar hisoblanmaydi;
— Moslashuvchan to‘lov shartlari: to‘lovlarni qisman yoki to‘liq amalga oshirishingiz mumkin;
— Tovar va xizmatlar uchun komissiyasiz to‘lov — siz faqat mahsulot yoki xizmatning o‘zi uchun to‘laysiz;
— Kredit to‘lanishi bilan kredit mablag‘lari avtomatik ravishda yangilanadi;
— Kredit olish uchun qayta murojaat qilish shart emas;
— Mobil ilova orqali mablag‘larni to‘liq nazorat qilish;
— Bepul texnik xizmat ko‘rsatish va kartani rasmiylashtirish.
Kartani blokdan chiqarish uchun shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar bilan Hamkorbank ofisiga tashrif buyurishingiz kerak.
Minimal oylik to‘lov oldingi hisob-kitob davrida sarflangan mablag’ning 10% ni tashkil qiladi. Qo‘shimcha foizlarni to‘lamaslik uchun ushbu minimal to‘lovni to‘lov muddatidan oldin amalga oshirish muhimdir.
«Hamkor» mobil ilovasi orqali to‘lanishi kerak bo‘lgan summalar, imtiyozli davr tugashiga qancha kun qolganini, shuningdek, to‘lov sanasi va miqdorini onlayn tarzda bilib olishingiz mumkin.
PIN-kodni o‘zgartirish uchun shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar bilan Hamkorbank bank ofisiga murojaat qilishingiz kerak.
Agar kredit kartangizni yo‘qotib qo‘ysangiz, uni bloklashingiz kerak. Kredit kartani bloklash uchun Hamkorbankning 1256 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va operatordan kartangizni bloklashni so‘rang.
Hamkorbank kredit kartasi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
— Savdo terminallari orqali tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
— To‘lovlar uchun mobil ilovadan foydalanish;
— Bankomatlardan naqd pul yechib olish;
— Boshqa kartalarga pul o‘tkazish; (Tez kunda ishga tushadi)
— Mobil ilova orqali valyutani konvertatsiya qilish; (Tez kunda ishga tushadi)
— Kartadan xaridlar uchun nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham foydalanish. (Tez kunda ishga tushadi)
Mavjud amaliyotlar ro‘yxati to‘ldirilishi mumkin, bu haqda aloqa kanallari orqali sizga xabar beriladi.
Foizsiz (imtiyozli) davr — bu hech qanday foizsiz, kreditdan bepul foydalanish mumkin bo‘lgan davr. Hamkorbankda bu muddat barcha operatsiyalar uchun 50 kunni tashkil qiladi. Agar siz kreditni muddatidan oldin to‘liq to‘lasangiz, kredit uchun foiz olinmaydi.
Ha, foizsiz muddat barcha turdagi operatsiyalarga taalluqlidir, bu esa qarz o‘z vaqtida to‘langan taqdirda foizlarni to‘lamaslik imkonini beradi. Hamkorbankda ushbu davr 50 kunni tashkil qiladi.
Kredit kartasi bo‘yicha oylik to‘lovni quyidagi usullar orqali amalga oshirish mumkin:
— Hamkorbank kassalari orqali;
— Istalgan kartadan o‘tkazish yo‘li bilan. E’tibor bering: Hamkorbank kartasidan foydalansangiz, komissiya olinmaydi. Biroq, boshqa bank kartalaridan to‘ldirishda ushbu bank tariflariga asosan komissiya olinishi mumkin. (Tez kunda ishga tushadi)
PIN-kodni o‘zgartirish uchun shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar bilan Hamkorbank bank ofisiga murojaat qilishingiz kerak.
Yangi kredit kartani rasmiylashtirganingizda bank ofisida PIN-kodni o‘rnatishingiz kerak bo‘ladi. Bank xodimi Sizdan kartani olayotganingizda PIN-kodni belgilashingizni so‘raydi.