mc.yandex.ruyandex

Ipoteka krediti (O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag'lari hisobidan)

  • 20 yilgachaKredit muddati
  • 17 % dan Qulay foiz stavkalari
  • 416,5 mln so'mgachakredit miqdori
Vaqtinchalik to'xtatilgan

Oxirgi yangilanish sanasi: 21.07.2023


Ipoteka krediti



Birlamchi uy-joy bozoridan qo‘p qavatli turar-joylardan kvartira sotib olish hamda uy-joy qurish va rekonstruksiya ishlari uchun ipoteka krediti (Uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari Toshkent shahri uchun hamda rasmiy daromadga ega bo’lmagan jismoniy shaxslar uchun ajratilmaydi).

KREDIT SHARTLARI

  • Kredit miqdori Viloyatlarda — 327,250 mln so'mgacha;
    Toshkent shahrida — 416,500 mln so'mgacha.
  • Kredit muddati 20 yilgacha
  • Imtiyozli davr 6 oy
  • Kreditning foiz stavkasi

    Rasmiy daromadga ega jismoniy shaxslar uchun

    Boshlang’ich badal

    Foiz stavkasi

    Subsidiyali ipoteka kreditlari bo’yicha

    15 % va undan yuqori

    18 %

    Subsidiyasiz ipoteka kreditlari bo’yicha

    15 % dan 30 % gacha

    19 %

    30 % dan 50 % gacha

    18 %

    50 % va undan yuqori

    17 %

    Rasmiy daromadga ega bo’lmagan jismoniy shaxslar uchun

    Boshlang’ich badal

    Foiz stavkasi

    30 % dan 50 % gacha

    19,5 %

    50 % va undan yuqori

    18 %


  • Ajratish shakli Naqd pulsiz, pul o’tkazish yo’li bilan

  • Ariza berish joyi Bank ofislari
  • So'ndirish davriyligi Asosiy qarz va hisoblangan foizlarni har oy so‘ndirish.
    To‘lovlarni differentsial yoki annuitet usulida amalga oshirish mumkin.

Diqqat! Kredit foizi miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. Kreditning to’liq qiymati esa kreditni rasmiylashtirishga bog’liq qo’shimcha xarajatlar qo’shilganidan so'ng belgilangan miqdor va muddatlarda kreditni umumiy miqdorini ko'rsatadi.


Kredit to’liq qiymatini hisoblash tartibi bilan havola orqali tanishishingiz mumkin: https://hamkorbank.uz/uz/credit-calc/


Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi o‘zgartirilishi mumkin. Bunday holat yuz bergan taqdirda, o‘zgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi.

  • Arizalarni ko'rib chiqish muddati - 30 kun; bank tomonidan talab qilingan hujjatlarning to'liq to'plami taqdim etilganda;
  • Kreditni qaytarish vaqti: har oy, to'lash jadvalida ko'rsatilgan miqdorda;
  • Muddatidan oldin kreditni so’ndirish: qo'shimcha to'lovlar va jarimalarsiz muddatidan oldin so’ndirish imkoniyati mavjud;
  • Jarima va penyalar: kredit bo'yicha asosiy qarzni to'lash shartlari buzilgan taqdirda, muddati o'tgan qarzdorlik miqdori bo'yicha foiz stavkasi ushbu muddati o'tgan qarzdorlik paydo bo'lgan kundan boshlab 1,5 barobarga oshadi;
  • Kechiktirilgan foizlar uchun penya - kuniga 0,1%;
  • Garov ta'minoti - kredit summasiga nisbatan kamida 125%.

 

Kredit bo'yicha ijobiy qarorga ta'sir qiluvchi omillar:

  • Ijobiy kredit tarixi;
  • Doimiy daromad manbasining mavjudligi;
  • Kredit uchun zarur garov ta'minoti;
  • Taqdim etilgan hujjatlar ro'yxatining to'liqligi.


Kredit bo'yicha salbiy qarorga ta'sir qiluvchi omillar:

  • Salbiy kredit tarixi;
  • Doimiy daromad manbasining yo'qligi;
  • Kredit uchun garov ta’minoti mavjud emasligi;
  • Taqdim etilgan hujjatlar ro'yxati to'liq emasligi.

  • Kam ta’minlangan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali subsidiya olish uchun arizani taqdim etadi;
  • tuman (shahar)da tashkil etilgan komissiya fuqaro arizasini ijtimoiy mezonlar asosida ko‘rib chiqib, arizachiga subsidiya taqdim etish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
  • Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tomonidan Komissiyaning qarori asosida ariza beruvchiga subsidiya taqdim etilishi yoki taqdim etilmasligi to‘g‘risida xabarnoma (Komissiya qaroridan ko‘chirma bilan) yuboriladi.


Subsidiya olgan fuqaroga berilgan imtiyozlar:

  • qishloq joylarda - birinchi 5 yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq harajatlarni qoplash uchun 10 foizlik punktdan oshgan qismiga;
  • shaharlarda - dastlabki badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq harajatlarni qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida va birinchi 5 yil davomida kredit bo‘yicha foizlarni qoplash uchun Toshkent shahrida 12 foizlik punktdan oshgan qismiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.
  • subsidiya oluvchi tomonidan kredit bo‘yicha oylik to‘lovlarini so‘ndirishda uy-joy qiymati 300 million so‘mdan oshmagan kvartiraning kredit qarzdorligini qoplash uchun bankka yo‘naltiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bir yil davomida 15 mln. so‘mgacha) daromad solig‘iga tortilmaydi.

  • ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
  • qarz yuki ko‘rsatkichi, ya’ni qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo‘lmagan shaxs;
  • ipoteka krediti ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan shaxs;

  • Kreditni rasmiylashtirish uchun ariza
  • qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) pasportining asl nusxalari;
  • uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risida xabarnoma (subsidiya oluvchilar uchun);
  • pudrat tashkiloti bilan tuzilgan uy-joy sotib olish bo‘yicha shartnoma;
  • qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda-ishlangan davr uchun) olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari.


Qarz oluvchi kredit olish jarayonida quyidagi harajatlarni amalga oshiradi:

  • notarial tartibdagi oldi-sotdi harajatlar;
  • kvartiraning kadastr hujjatlarini tayyorlash va sug‘urta qilish bo‘yicha harajatlar.

Kreditni hisoblang

* Diqqat, kalkulyator hisob-kitoblarning aniqligini kafolatlamaydi.
%

QO'SHIMCHA ХARAJATLAR

So'm
So'm
So'm
So'm
* Kreditning (qarzning) to‘liq qiymati deganda hisob-kitob qilish chog‘ida qarz oluvchining kredit (qarz) olish bilan bog‘liq to‘lovlari hisobga olinadigan ishonchli, yillik va samarali tarzda hisoblab chiqarilgan foiz stavkasi tushuniladi. Kreditning (qarzning) to‘liq qiymati hisob-kitobiga qarz oluvchining to‘lovlari, shu jumladan uchinchi shaxslar foydasiga to‘lovlari, agar qarz oluvchining bunday to‘lovlar bo‘yicha majburiyati shartnoma shartlaridan kelib chiqsa va (yoki), agar kredit (qarz) berish bunday to‘lovlarni amalga oshirishga bog‘liq qilib qo‘yilgan bo‘lsa, kiritiladi.

Kreditni rasmiylashtirish

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murojaat qiling.
Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:


Orqaga

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play